Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIME yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi: Zelenskiy yo‘q, Navalnaya bor
Amerikaning TIME jurnali 2024 yilda sayyoradagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatini e’lon qildi.
Foto: Getty Images
Bu safar «Yetakchilar» toifasiga rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya kiritildi.
Bu yilgi «Yetakchilar» orasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va birinchi xonim Yelena Zelenskaya yo‘q. 2022 va 2023 yillarda ular ro‘yxatga kiritilgan edi.
Shu bilan birga, ro‘yxatda ukrainaliklardan faqat prezident devonining rahbari Andrey Yermak bor.
TIME nufuzli shaxslar ro‘yxatiga Polsha bosh vaziri Donald Tusk, Argentina prezidenti Xavyyer Miley, Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni va Xitoy bosh vaziri Li Tsyan ham kiritilgan.
TIME 100 ro‘yxati Amerikaning TIME jurnali tomonidan 1999 yilda ta’sis etilgan. Unga «San’atkorlar», «Kumirlar», «Kashshoflar», «Titanlar», «Innovatorlar» va «Yetakchilar» toifalari bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli odamlar kiritiladi.
2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlaganida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Yetakchilar» toifasida yilning eng nufuzli odami deb e’lon qilingan edi. 2023 yilda Yelena Zelenskaya ham TIME 100 ro‘yxatiga kiritildi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026