Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla gaz pedali yopishib qolish xavfi tufayli barcha Cybertruck pikaplarini qaytarib oladi
Nazorat organi bunga ishlab chiqarish jarayonida sovun ishlatilgani sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Tesla kompaniyasi gaz pedali «yopishib qolish» xavfi tufayli barcha Cybertruck pikaplarini qaytarib olishini e’lon qildi.
AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi (NHsA) tomonidan e’lon qilingan bildirishnomaga ko‘ra, «katta kuch bilan bosilsa, gaz pedali yostig‘i joyidan chiqib ketishi va pedal yopishib qolishi mumkin».
Cybertruck pedalining «yopishib qolishi» xavfi avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va ixtisoslashgan forumlarda muhokama qilingan edi.
NHsA xabariga ko‘ra, gaz pedali yostig‘ining beqaror mahkamlanishi Texasning Ostin shahridagi zavodda Cybertruck yig‘ish texnologiyasining ruxsatsiz o‘zgartirilishi bilan izohlanadi. Pedal yostig‘ini o‘rnatishni soddalashtirish uchun avtomobil zavodida sovun ishlatilgan. Sovun qoldiqlari qismlarning yopishishini kamaytirdi va dizayn ishonchsizroq bo‘ldi.
Tesla tomonidan 2023 yil 13 noyabrdan 2024 yil 4 aprelgacha ishlab chiqarilgan jami 3878 ta pikap qaytarib olinishi kerak. Bu elektromobillarning deyarli barchasi, deb yozdi CNN.
Cybertruck - bu Teslaning pikaplar bozoriga kirishga birinchi urinishi bo‘lib, ular Texasning Ostin shahrida yig‘iladi.
Tesla 2023 yil noyabr oyida 60990 dollarga oldindan buyurtma orqali Cybertruck yetkazib berishni boshlagan edi.
Mavzuga oid
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
08:10 / 09.04.2026