Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi
AQShning Toshkentdagi elchixonasida 2018 yili o‘rnatilgan havo sifatini aniqlovchi qurilma yuzasidan ma’lumot berish uchun press-suhbat bo‘lib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, Davlat departamentining grant mablag‘lari hisobidan shahar bo‘ylab uncha qimmat bo‘lmagan havo sifatini monitoring qiluvchi sensorlar o‘rnatiladi.

22 aprel kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi binosida havo sifati bo‘yicha mutaxassis, amerikalik tadqiqotchi Jyey Tyorner bilan press-suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda 2018 yilda elchixonaga o‘rnatilgan Toshkent shahrining havo sifatini o‘rganuvchi qurilma haqida ma’lumot berildi.
Olimning aytishicha, qurilma har soatda havo zarrachalarining konsentratsiyasini monitoring qilib turadi: ma’lumotlar har 53 daqiqada olinib, qolgan 7 daqiqasida tahlil qilinadi va natijalar avvalgi soatga solishtirilgan holda chiqarib beriladi.
Mutaxassisga ko‘ra, yaqinda “O‘zgidromet” o‘rnatgan qurilmalar ham havo sifatini har soatda monitoring qilib boradi, ular AQSh elchixonasida joylashgani bilan deyarli o‘xshash. Lekin natijalarni taqqoslashda inobatga olinishi kerak bo‘lgan jihatlar bor.
“Monitoring jarayonida muayyan protokollarga amal qilinishi talab etiladi. Agar shularga rioya qilinsa, beriladigan ma’lumotlarni bir xil deyish mumkin. Elchixonadagi jihoz shu protokollarga rioya qiladi, uni o‘zim tekshirganman. Agar faraz qilaylik, “O‘zgidromet” ham shu protokollarga amal qilib, o‘z hisobotini taqdim etayotgan bo‘lsa, bizning ma’lumotlar bilan bir xil chiqadi deyish mumkin.
PM2,5 havo zarrachalari konsentratsiyasi bilan havo indeksi orasidagi farqni bilib olishimiz kerak. AQSh va O‘zbekistondagi qurilmalarning havo zarrachalari konsentratsiyasining o‘lchovlari bir xil ma’lumotni taqdim qilishi mumkin, lekin havo indekslari turlicha hisoblanadi. Shuning uchun ham bu borada beriladigan raqamlar turlicha bo‘ladi. Bu farqni ko‘rgan odamlar doim hayron qolaverishadi”, – dedi u.
Tyornerning ta’kidlashicha, hozircha qurilmalarning monitoringi orasida qanday farqlar borligini aniqlash borasida ishlar olib borilmoqda.
“Bu savolga javob topish uchun AQSh Davlat departamenti Dyuk universitetiga grant mablag‘lari ajratib, Toshkent bo‘ylab qimmat bo‘lmagan [havo zarrachalarini monitoring qiladigan] sensorlarni o‘rnatish reja qilinmoqda. Ularning ma’lum qismi o‘rnatib ham bo‘lindi”, – dedi u.
Ammo hozircha bunday sensorlar poytaxtning aynan qayerlariga qo‘yilgani ma’lum emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, elchixonada o‘rnatilgan qurilma axborotlari AirNow.gov saytida berib boriladi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston | 07:53
-
Telegraph: Tramp Rossiyaga Alyaskada minerallar qazib olishni taklif qilmoqchi
Jahon | 01:13
-
Ukraina Pokrovsk atrofidagi hududlardan aholini evakuatsiya qilishni boshladi – OAV
Jahon | 00:41
-
Jennifer Lopesning Qozog‘istondagi konsertlari mamlakatga 12 ming sayyohni olib kelgani aytildi
Jahon | 00:28
Mavzuga oid

22:48 / 13.08.2025
Meksika 26 nafar narkobaronni AQShga topshirdi

21:36 / 13.08.2025
YeI va AQSh yetakchilari Ukraina bo‘yicha muloqot o‘tkazdi

19:31 / 13.08.2025
“Asr savdosi”. Rossiya Alyaskani nega sotib yuborgandi?

12:11 / 13.08.2025