Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Tojikistonliklar Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirildi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) 27 aprel kuni kechqurun shoshilinch tavsiyanoma berib, respublika fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilish»ga chaqirdi.
Bir kun avval Tojikiston TIV so‘nggi bir necha hafta ichida mamlakat fuqarolarining Rossiyaga kirishiga ommaviy to‘sqinlik qilinayotgani haqida xabar bergan edi. Vazirlik Rossiyaning respublikadagi elchisi Semyon Grigorevga Rossiyaga kirishni asossiz rad etish holatlari yuzasidan xavotir bildirdi.
Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, 22 apreldan buyon Orenburg viloyatidagi Qozog‘iston-Rossiya chegarasida 180 ga yaqin Tojikiston davlat raqamlariga ega avtomobillar navbatda turib qolgan. Nashrning iddao qilishicha, tojikistonliklar faqat telefonlari tekshirilib, so‘roq qilingandan so‘ng chegaradan o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan teraktda Tojikistondan kelgan migrantlar ayblanganidan keyin Rossiyada chet el fuqarolariga nisbatan ommaviy tekshiruvlar boshlangan edi.
Shundan so‘ng, Tojikiston Mehnat vazirligi «maishiy darajada» ta’qibga uchragan migrantlar Rossiyadan ommaviy chiqib ketayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026