O‘zbekiston | 11:00 / 30.04.2024
3954
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qatar Airways va Asialuxe Travel Toshkentdan Doxaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Asialuxe Travel

Qatar poytaxtiga reyslar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi. Hamyonbop narxlardagi tayyor turlar va aviachiptalarni Asialuxe Travel milliy turoperatori va mamlakatning barcha turistik agentliklarida xarid qilish mumkin.

O‘zbekiston aholisida Qatarga eng yaxshi Qatar Airways bortlarida jo‘nab ketish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kompaniya darajasi aviatsiya sohasidagi ko‘plab tan olishlar va unvonlar bilan tasdiqlangan.

Qatar Airways – aviatashuv sohasida jahondagi yetakchi hisoblanib, haqiqiy hashamat va qulaylik belgisini taqdim etadi. Kompaniya 2011 yildan 2022 yilgacha dunyoda yetti marta eng yaxshi deb topilgan. Shuningdek, u Yaqin Sharqda eng yaxshi aviakompaniya deb tan olingan va mintaqada yuqori ekologik baho dasturi darajasi bo‘yicha sertifikat olgan kompaniyalardan birinchisi bo‘lgan.

O‘rtacha 5 yillik zamonaviy samolyotlar, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, qulay salonlar, biznes va birinchi toifa yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha afzalliklar, shuningdek, bortda innovatsion ko‘ngilochar tizimlar va sifatli yeguliklar har safar parvozdan zavqlanishga imkon beradi.

Qatar Airways bilan eksklyuziv hamkorlik asosida Asialuxe Travel milliy turoperatori to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarga aviachiptalarni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatini taklif qilmoqda. Kompaniyaning reyslari haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi, Toshkentdan Doxaga birinchi reys 3 iyun sanasiga rejalashtirilgan.

Qatarga safar – bu odatiy BAA va Saudiya Arabistonining o‘rniga boshqa Yaqin Sharqni ko‘rish imkoniyatidir. Madaniyatlarning o‘xshashligiga qaramasdan, Qatar o‘zining xilma-xilligi bilan hayron qoldirishi mumkin: bir necha ming yillik tarixga ega boy merosni ko‘rsatib turadigan savlatli muzeylar, noldan boshlab qurilgan Lusail eko-shahri, Fors ko‘rfaziga chiroyli manzaraga ega betakror Kornish qirg‘og‘i va noyob Xor-al-Adaid «ichki dengizi»ga tashrif buyurish bilan cho‘l bo‘ylab sayr.

Sizda zamonaviylik asrlik an’analar bilan va baland binolar qumli tepaliklar bilan birlashadigan haqiqiy sharqona ertakka sho‘ng‘ish hamda Mandarin Oriental, Hilton va Rixos kabi lyuks mehmonxonalar tarmoqlarida yashash imkoniyati bor.

Individual tur tuzish yoki bir haftalik tayyor turlarni band qilish mumkin:

· AL ASEEL HOTEL 3* 716 USD dan boshlab

· LA MAISON HOTEL 4* 727 USD dan boshlab

· CENTRO CAPITAL DOHA BY ROTANA 4* 768 USD dan boshlab

· HILTON DOHA 5* 1092 USD dan boshlab

· HILTON DOHA THE PEARL HOTEL 5* 1257 USD dan boshlab

· HILTON SALWA BEACH RESORT & VILLAS 5* 1375 USD dan boshlab

· RIXOS GULF HOTEL DOHA 5* 1286 USD dan boshlab

· MANDARIN ORIENTAL DOHA 5* 1469 USD dan boshlab

· RIXOS QETAIFAN ISLAND NORTH DOHA 5* 1752 USD dan boshlab

Narxlar ikki kishili joylashuv asosida bir nafar voyaga yetgan kishi uchun ko‘rsatilgan. Narxga Toshkent – Doxa – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz, transfer, mehmonxonada yashash, konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish va tibbiy sug‘urta kiradi.

Kompleks turistik to‘plamlar mamlakatning barcha turistik agentliklarida mavjud.

Turistik to‘plamlar va tur tashkillashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti yoki +998 71 201 77 77 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Telegram: t.me/asialuxe

Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid