Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda bolalarning yuziga tarsaki tushirgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi
Bolalardan birining barmog‘iga igna sanchilgani haqidagi gaplar esa rad etildi. Ma’lum qilinishicha, 5 yashar tarbiyalanuvchining barmog‘ini bog‘chada eshik qisib qolgan, internetda tarqalgan rasm unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida olingan. Onasining aytishicha, barmoqqa sanchilgan igna emas, sim bo‘lib, uni tibbiyot xodimi barmoqni tikish maqsadida qo‘ygan.
Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 23-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi F.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tarbiyachi 6 may kuni ishdan olingan. Avvalroq, uning bolalarga tarsaki tushirgani tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqda tarqalgan edi.
Shuningdek, bolaning qo‘liga igna sanchilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha ham surishtiruv o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, 5 yoshli Ya.X. barmog‘i 17 aprel kuni ehtiyotsizlik oqibatida bog‘cha eshigi orasida qolib ketgan va shikastlangan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlar esa bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi vaqtida olingan.
Bolaning onasi bergan ma’lumotga ko‘ra, barmoqqa sanchilgan igna emas, balki sim bo‘lib, aslida tibbiyot xodimi tomonidan barmoqni tikish maqsadida qo‘yilgan. Hozir bolaning sog‘lig‘i to‘liq tiklangani ta’kidlanmoqda.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
08:36 / 19.11.2025
Angrenda zo‘ravonlikka uchragan qiz bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
16:41 / 13.11.2025