Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga bordi.
Vnukovo xalqaro aeroportida davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda quyidagi davlatlar rahbarlari ham qatnashadi: Aleksandr Lukashenko (Belarus), Qosim-Jo‘mart To‘qayev (Qozog‘iston), Sadir Japarov (Qirg‘iziston), Imomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston), Migel Dias-Kanel Bermudes (Kuba), Tongloun Sisulit (Laos) va Umaru Sissoku Embalo (Gvineya-Bisau).
Prezidentlar Vladimir Putin bilan birga Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“GES qurish maqsadida kanalga ortiqcha suv tashlangan” – Buloqboshidagi texnogen hodisa sababi aytildi
O‘zbekiston | 13:34
-
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston | 12:44
-
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Jahon | 12:41
-
Buloqboshida suv toshqini yuzaga keldi
O‘zbekiston | 12:27
Mavzuga oid

16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi

14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi

14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident

08:25 / 12.07.2024