Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 7 yoshli qizga uyatsiz harakat qilgan 68 yoshli erkak qamoqqa olindi
Uning qilmishi og‘irroq jazoni nazarda tutuvchi modda bilan qayta malakalandi.
Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanida yashovchi, 7 yoshli qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 68 yoshli erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Avvalroq, gumondor I.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bu 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishni nazarda tutar edi.
Biroq, dastlabki tergov natijasida I.B. qilmishi Jinoyat Kodeksining 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan qayta malakalangan. 1 may kuni erkak protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olingan. Endi erkakka 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tahdid qilmoqda.
Jinoyat ishi yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:22
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025
Yaponiya Namanganda robot-assistent xirurgiyasini joriy etadi
20:22 / 30.11.2025
Namanganda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
11:03 / 20.11.2025