Iqtisodiyot | 09:13 / 13.05.2024
1284
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Olainfarm kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori sifatga ega ampulali mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasini o‘rganmoqda.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston elchisi Timur Rahmonov Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov bilan birgalikda Latviyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi – Olainfarm direktorlar kengashi a’zosi, Markaziy Osiyodagi savdo ofisi rahbari Aleksandr Melnis bilan uchrashdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Olainfarm o‘rtasidagi sarmoyaviy va texnologik hamkorlik masalalari hamda mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirgan holda qo‘shma ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Latviya tomoni ma’lum qilganidek, Olainfarm kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori sifatga ega ampulali mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasini o‘rganmoqda.

Olainfarm kompaniyasi 1972 yilda Latviyaning Olayne shahrida tashkil etilgan bo‘lib, Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi eng yirik farmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning yillik aylanmasi 124 million yevrodan oshadi. 

Mavzuga oid