Latviya Korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş byurosi (KNAB) Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK) hujjatli filmida keltirilgan ayblovlarni örganib çiqdi va Latviya rasmiylari orasida korrupsiyaga oid dalil topmadi. Bu haqda 15 dekabr, yakşanba kuni Delfi portali prokuraturaga tayanib xabar berdi.
KNAB idoraviy tekşiruv ötkazdi va davlat politsiyasi va prokurorlari tomonidan sodir etilişi mumkin bölgan jinoyatlarni körsatuvçi faktlarni aniqlamadi.
Muxolifatçi Aleksey Navalniy jamoasi Latviya huquq-tartibot idoralari xodimlari YuKOS neft kompaniyasi rahbariyatining sobiq vakili Leonid Nevzlinga pora evaziga rossiyalik muxolifatni ta’qib qilişda yordam berayotganini da’vo qildi.
Navalniy tarafdorlarining filmi
Navalniyning tarafdorlari filmida aytilişiça, Leonid Nevzlin FBK rossiyalik muxolifatçilarga hujum taşkilotçisi deb hisoblagan advokat Anatoliy Blinov bilan birga Latviyada FBK sobiq boş direktori Vladimir Aşurkovga nisbatan pora evaziga jinoiy iş oçmoqçi.
Latviyaning LTV telekanaliga köra, Blinov Latviya fuqarosi bölmagan şaxsning soxta pasportidan foydalanib, Yevropa Ittifoqi böylab harakatlangan. Şu munosabat bilan Latviya Içki işlar vazirligi davlat kotibi Dmitriy Trofimov politsiya «hujjatlarni qalbakilaştiriş ehtimoli bölgan faktni tekşiriş uçun barça zarur çoralarni körişini» va’da qildi.
FBK poraxörlik ayblovlariga işonmasligini ta’kidladi, biroq Aşurkovning özi ularga mart oyida u göyo London politsiyasiga guvoh sifatida çaqirilganini, u yerda uni Latviya politsiyasi tergovçilari va Riga tuman prokurori britaniyaliklar bilan birga söroq qilişganini aytdi, deb yozadi Delfi.
Portal ma’lumotlariga köra, Aşurkovning özi Latviya OAVga boşqa ma’lumotlarni, ya’ni Latviya huquq-tartibot idoralari tomonidan qasr sotib olingani haqida söroqqa tutilganini aytgan.













