Xandaqqa qulagan uy. Nega bunday bo‘ldi?
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida xandaq qazilishi natijasida qo‘shnining ikki qavatli uyi qulab tushdi. Kun.uz voqea joyida bo‘lib ushbu hodisa sabablarini o‘rgandi.
Kun.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, hodisa tafsilotlarini o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, boshqa tadbirkorlar qulab tushgan uy yonidagi eski uyni sotib olishgan va o‘rniga kattaroq do‘kon qurishmoqchi ekan. Shu maqsadda kotlovan (handaq) qazilgan. Qurilish ishlarini bajarish uchun barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan, ruxsatlar olingan. Faqat texnologik protsess noto‘g‘ri bajarilgan.
Qo‘shni uydagilar g‘alati qasir-qusur ovozlardan so‘ng uyni tark etishga ulgurishgan. Hech kim jabrlanmagan.
Tadbirkorlar qulagan uyni sotib olishga va’da berishgan. Uyning narxi 300 ming AQSh dollari miqdorida baholangan.
Samarqand viloyatining Juma shahrida kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qurilish obektiga tutash bo‘lgan uy qulab tushishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 15 may kuni fuqaro Hasan Murodullayev Past Darg‘om tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tumanning Samarqand mahallasi, Samarqand ko‘chasi, 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qo‘shnisi Toxirjon Begmatov hovlisida do‘kon qurish uchun kotlovan qazganini, quruvchilarga qazish ishlarini to‘xtatishni, aks holda uy qulab tushishini bir necha bor aytib kelganini bildirgan.
Uy egasi quruvchilar kotlovan qazish ishlarini davom ettirganini va buning oqibatda 14 may kuni soat 19:45larda yashash xonadoni qulab tushib, unga 300 ming AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bayon etgan. U arizasida fuqaro Tohirjon Begmatovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda holat yuzasidan Past Darg‘om tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Ta’kidlanishicha, jinoyat ishining tergovi nazoratga olingan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda axborot berilishi ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandida mulkni atrofdagilar uchun xavfli usulda qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyati nazarda tutilgan. Bunday qilmish bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravaridan 100 baravarigacha (25,5 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Avvalroq Samarqand viloyatining Juma shahrida kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qurilish obektiga tutash bo‘lgan uy qulab tushgani xabar qilingandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilganligini, Past Darg‘om tuman hokimligi esa jarohat olganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
09:54 / 12.12.2024
Samarqandda bog‘cha yonib ketdi
18:02 / 04.12.2024
Qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi
12:17 / 04.12.2024
Turkiya qurilish kompaniyasi salkam 1500 o‘zbekistonlikni ishga olmoqchi
18:32 / 02.12.2024