Tojikistonda hojilarni tantanali kutib olish, hashamatli tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi
Shuningdek, bolalarning «Idgardak» tadbirida ishtirok etishi, to‘ylarda ikkitadan ortiq marosim o‘tkazishga ham cheklov joriy qilindi.

Foto: Amir Isayev
Majlisi Namoyandagon (Tojikiston parlamenti quyi palatasi) 8 may kuni «An’ana va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasini muhokama qildi. Tojikiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Sulaymon Davlatzoda qonunning yangi tahriri zamon talablariga javob berishini ta’kidladi.
Qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, Ramazon va Qurbon hayitida bolalar ishtirokidagi an’anaviy «Idgardak» tadbiri taqiqlanadi. Unda bolalar qarindoshlari va qo‘ni-qo‘shnilarining uylariga borib, ularni tabriklaydi, sovg‘alar oladi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari parlamentda so‘zlagan nutqida «Idgardak» odati boshqa mamlakatlarda yo‘qligini, dinda ham tilga olinmaganini, bundan tashqari, bu bolalar uchun xavfli ekanligini ta’kidladi: ular notanish joylarga boradi, katta yo‘llardan o‘tadi.
Shu bilan birga, Davlatzodaning parlamentda aytishicha, qonun loyihasining 11-moddasiga ko‘ra, tibbiyot muassasalarida o‘g‘il bolalarni bepul sunnat qilish muddati tug‘ilgandan keyin 20 kundan 1 oygacha uzaytirildi. Xayriya sunnatlari bilan bog‘liq me’yorlar bekor qilindi, chunki bu marosimlar oilaviy marosimlarga aylandi.
Bundan tashqari, qonun loyihasining 12-moddasida to‘y bilan bog‘liq ikkitadan ortiq marosim o‘tkazilmasligi belgilab qo‘yilgan va to‘y bilan bog‘liq boshqa tadbirlar taqiqlangan.
Fuqarolarga mablag‘larni to‘yxona va restoranlardagi to‘y dasturxoni o‘rniga xayriya ishlariga, masalan, yo‘llarni ta’mirlash, suv quvurlarini yotqizish va ijtimoiy obektlarni qurish uchun sarflash taklif qilingan.
Davlatzodaga ko‘ra, kelin-kuyovga hamrohlik qilishda ko‘p sonli avtomashinalardan foydalanish ham maqsadga muvofiq emas, shu bois to‘rttadan ortiq mashinadan foydalanishga ruxsat yo‘q.
Shu bilan birga, Davlatzodaning aytishicha, so‘nggi yillarda ziyoratchilar soni ko‘paygan, ayrim fuqarolar Hajdan keyin ziyoratchilarni kutib olishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda. Shu bois bunday tadbirlarni oila davrasida o‘tkazish nazarda tutilgan.
Shuningdek, haj yoki umra ziyoratiga borganlarni kutib olishda hovlilar, ko‘chalar, mahallalar va avtomashinalarni bayramona bezash, sovg‘alar tarqatish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53
Mavzuga oid

16:09
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

08:57 / 14.04.2025
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi

17:43 / 13.04.2025
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi

09:37 / 13.04.2025