O‘zbekiston | 20:34 / 16.05.2024
2633
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari bo‘yicha 8,1 mlrd so‘mlik qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan, shuningdek, o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlari bo‘yicha 19 ta holatda jami 8,1 mlrd so‘mlik qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Ularda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani va barchasi bekor qilingani ta’kidlanmoqda. 

Qonunbuzilishi holatlari quyidagilar:

- Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligidagi 923,2 mln so‘mlik;

- G‘ijduvon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligidagi 878,1 mln so‘mlik;

- Urganch tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 632,4 mln so‘mlik;

- Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litsey buyurtmachiligidagi 396,9 mln so‘mlik;

- Buvayda tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 396,0 mln so‘mlik;

- Surxondaryo 2-son viloyat perinatal markazi buyurtmachiligidagi 306,0 mln so‘mlik;

- Surxondaryo viloyat fiziatriya klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 205,0 mln so‘mlik;

- O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi buyurtmachiligidagi 182,8 mln so‘mlik;

- Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali buyurtmachiligidagi 177,5 mln so‘mlik;

- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buyurtmachiligidagi 175,0 mln so‘mlik;

- Xiva shahridagi 56-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati buyurtmachiligidagi 169,0 mln so‘mlik;

- Konimex tuman madaniyat va turizm bo‘limi buyurtmachiligidagi 140,0 mln so‘mlik;

- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi kompetensiyani rivojlantirish instituti buyurtmachiligidagi 120,0 mln so‘mlik;

- Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 108,2 mln so‘mlik;

- Yoshlar ishlari agentligining Sharof Rashidov tumani bo‘limi buyurtmachiligidagi 100,5 mln so‘mlik;

- Farg‘ona shahar hokimligi buyurtmachiligidagi 89,3 mln so‘mlik;

- Konimex tumani madaniyat bo‘limi-tuman madaniyat va aholi dam olish markazi buyurtmachiligidagi 71,0 mln so‘mlik. 

Shuningdek, «Mikrokreditbank» Surxondaryo viloyat filiali buyurtmachiligidagi 1,84 mlrd so‘mlik, Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi buyurtmachiligidagi 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan. 

Agentlik taqdimnomalariga asosan mazkur davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilingan. Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mavzuga oid