Toshkentda jamoat transport vositasiga nisbatan avariyaviy holat yuzaga keltirgan haydovchiga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Matiz’ning yuk mashinasiga nisbatan yuzaga keltirgan avariyaviy holat aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Matiz rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida MAN rusumli jamoat transport vositasiga nisbatan avariyaviy xavfli holat qilib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, Matiz haydovchisi I.E.ga nisbatan qoidabuzarlik yuzasidan MJtKning 128-5-moddasiga (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Qayd etilishicha, haydovchilar bilan profilaktik suhbat ham olib borilgan.
Mavzuga oid
21:31 / 23.07.2024
Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin
22:24 / 22.07.2024
YHXXning yangi boshlig‘i ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi murosasiz kurashishga va’da berdi
20:00 / 20.07.2024
Cheksiz qoidabuzarlik huquqi, sinovdagi Seagull va testdan yiqilgan “DTM” - hafta dayjesti
19:52 / 20.07.2024