Muloqot ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini barça jabhada faollaştiriş va Özbekiston–Çexiya munosabatlari kun tartibini amaliy mazmun bilan boyitiş maqsadida taşkil etildi.

Tomonlar ikki davlat işbilarmon doiralari vakillari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, Özbekistonda transport sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, hududlararo rivojlaniş dasturlari doirasida tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş masalalarini muhokama qildi.

Taşqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori Martin Pospişil mamlakatimiz hukumati delegatsiyasining Çexiyaga taşrifi yakunlarini  yuqori baholadi. Şuningdek, u Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari rahbarlarining şu yil 8-11 oktyabr kunlari Brno şahrida bölib ötadigan Xalqaro maşinasozlik yarmarkasida iştirok etişi böyiça kelişuvga erişilganini ta’kidladi. Uşbu tadbir doirasida Çexiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari kompaniyalari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga bağişlangan konferensiya ötkaziş rejalaştirilgan.

Özbek va çex tadbirkorlari iştirokidagi navbatdagi iqtisodiy tadbirni Çexiyada taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.