09:00 / 20.05.2024
1378
Reklama

«2024 GWM Global Conference»: global rivojlanish yo‘lining illyustratsiyasi

Foto: ADM Global

Pekin shahrida (XXR) joriy yilning 25-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan muhtasham «2024 Beijing International Automotive Exhibition» ko‘rgazmasi doirasida «2024 GWM Global Conference» konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada HAVAL (Great Wall Motor) avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyada GWM kompaniyasi prezidenti janob Mu Fen kompaniyaning Xitoydagi o‘z ildizlarini va xorijiy bozorlardagi mahalliylashtirilishlarni saqlab qolgan holda globallashuv strategiyasiga amal qilishini ta’kidladi. Brend o‘zining oddiy «tovarlarni eksport qilish”dan boshlab «xorijdagi sotuvlar» gacha bo‘lgan, endi esa «ekologik globallashuv« bo‘yicha eksport strategiyasini doimiy ravishda takomillashtirib bormoqda. GWM yuqori sifatli global rivojlanishga erishish maqsadida mahalliy ishlab chiqarish, operatsiyalar, brend va ta’minot zanjirini moslashtirishga sharoitlar yaratish orqali mahalliylashtiruvni doimiy ravishda targ‘ib etmoqda. Xorijda 20 yildan ortiq rivojlanishdan so‘ng, GWM’ning yuqori sifatli global rivojlanishi yangi bosqichga ko‘tarildi. GWM TANK va GWM ORA kabi bir nechta yuqori sifatli yangi energiyaviy mahsulotlar xorijiy bozorlarga chiqarildi va «ekologik globallashuv» strategiyasi sezilarli natijalarni qayd etdi.

GWM «ekologik globallashuv» strategiyasini targ‘ib etishni davom ettirmoqda va «tadqiqot – ishlab chiqarish – sotuvlar» jarayonini to‘liq qamrab olish orqali brendning global rivojlanishiga erishmoqda. Kompaniya faol ravishda mahalliy filiallarni tashkil qilmoqda, mahalliylashtirilgan marketing va mahsulotlar ishlanmalarini olib bormoqda, shuningdek, yangi ish usullarini o‘rganmoqda.

Hozirda brend Tailand va Braziliyada avtomobil zavodlarini ochdi, shuningdek, mintaqaviy haydash sharoitlariga va global iste’molchilar ehtiyojlariga mos bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha tadqiqotlar, ishlanmalar va ishlab chiqarilishni mahalliylashtirishga yordam berish maqsadida Pokiston, Ekvador va boshqa mamlakatlarda KD-zavodlarini tashkil etdi. Mahalliy ommaviy ishlab chiqarishga tayangan holda, GWM nafaqat narx raqobatbardoshligini oshiradi, balki ish o‘rinlari yaratishga, mahalliy bozorlardagi soliq tushumlarining ko‘payishiga ko‘maklashib, ijtimoiy majburiyatlarini bajaradi va o‘z faoliyatini olib borayotgan mamlakatlar va jamiyatlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

GWM International’ning rahbari, GWM Group’ning vitse-prezidenti bo‘lgan janob Parker Shi kompaniyaning global rivojlanishi tarixi haqida so‘zlab berdi. U GWM’ning beshta asosiy mahsulotlar qatorlarining jahon bozoridagi yutuqlarini yoritib berdi. Turli mamlakatlardagi avtomobil sohiblarining hikoyalari bilan birga, u GWM o‘z mahsulotlari va xizmatlarining yuqori sifati tufayli global iste’molchilarning mehrini qozonganligini namoyish etdi.

GWM – xorijiy bozorlarga chiqqan Xitoyning birinchi avtomobil kompaniyalaridan biridir. 1997 yilning o‘zidayoq GWM mahsulotlarining birinchi partiyasini Yaqin Sharq bozoriga eksport qilishni boshladi va xalqaro bozorni o‘rganish va kengaytirishni boshlab yubordi. Hozirgi vaqtda GWM dunyoning 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda mavjud bo‘lib, 1,4 milliondan ortiq xalqaro foydalanuvchilar GWM avtomobillari sohiblariga aylanganlar. 2023 yilda GWM’ning chet eldagi sotuvlari hajmi 314 ming avtomobildan oshib, bir yilgi o‘sish taxminan 80 foizni tashkil etdi.

Brendning «ONE GWM» strategiyasi doirasida Great Wall Motor uning qiymatini namoyon etishini kuchaytirish orqali o‘z brendining imidjini o‘zgartirmoqda va mahsulotlarining besh asosiy modellar qatorini kengaytirishni davom ettirmoqda. Jahon iste’molchilarining ehtiyojlariga asoslanib, kompaniya murakkab foydalanish ssenariylarida ularning turli xil talablarini qondirish maqsadida «multi-category + multi-power combination» («multi-kategoriya + multi-quvvatli kombinatsiya») xorijiy strategiyasini shakllantirdi. Barcha sotilayotgan asosiy modellar ANCAP va E-NCAP’ning eng yuqori besh yulduzli reytinglariga ega bo‘ldilar. GWM TANK 300 va 500 kabi premium toifasidagi modellar dunyo bozoriga chiqarildi va tezkor ravishda 30 dan ortiq mamlakatlarda amalga kiritildi. GWM TANK 300 hatto hardkor yo‘ltanlamas avtomobillarning dunyo bo‘ylab sotuvlari bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, Xitoy avtomobillarining yangi imijini yaratishga erishdi. «2024 Beijing International Automotive Exhibition» ko‘rgazmasida GWM tadbirni xitoy va ingliz tillarida to‘liq yoritilishini, shuningdek, brend taqdimotining xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirga uzatilishini ta’minlab, brendning global rivojlanishdagi ijobiy imijini namoyish etdi.

Mahsulotlarning yuqori sifati va ajoyib servis xizmati tufayli Great Wall Motor butun dunyo bo‘ylab avtomobil sohiblarining muhabbatini qozona oldi. «GWM Care» servis xizmati avtomobil sohibi avtomobildan foydalanishining har bir tafsilotiga e’tibor qaratib, puxta va yaxshi o‘ylangan tajribani ta’minlaydi. Jahon foydalanuvchilarining qo‘llab-quvvatlashi GWM’ning barqaror va sifatli rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchidir va kompaniya global foydalanuvchilarga ularning qo‘llab-quvvatlovi va brendga bo‘lgan muhabbatlari uchun doim minnatdordir.

Avtomobil sohiblari uchun marosimlar, uchrashuvlar, yo‘ltanlamas avtomobillarda sayohatlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali GWM ularga kompaniya mahsulotlarini haydashdagi go‘zallik va hayratdan zavqlanishga imkon yaratib, ular uchun tegishlilik hissini yaratadi.

Yaqin orada Great Wall Motor kompaniyasi dunyo bo‘ylab avtomobil sohiblarini o‘zlarining turmush tarzi yoki hayotga bo‘lgan munosabatlarini namoyish etishga undash uchun «GWM Life» avtomobil sohiblarini rag‘batlantirish dasturini ishga tushiradi. Shuningdek, kompaniya Xitoyning yo‘ltanlamas avtomobillar madaniyatini dunyo bo‘ylab avtomobil sohiblariga namoyish etish va ularning tegishlilik hislarini kuchaytirish maqsadida «Alxa Hero Festival» festivalida ishtirok etish uchun baxtli avtomobil sohiblarini tanlab oladi.

Great Wall Motor o‘z faoliyatiga uzoq muddatli yondashuvni qo‘llab, ochiqlik va inklyuzivlik tamoyillariga amal qiladi. Kompaniya tadqiqotlar, yetkazib berishlar, ishlab chiqarish va sotuvlarni o‘z ichiga olgan global integratsiyalangan ekotizimni yaratmoqda. GWM jahon bozorlariga chiqish uchun mahsulotlarning kompleks assortimentini shakllantiradi. Bu global iste’molchilarda ishonch tuyg‘usini hosil qiluvchi brend imijini mustahkamlashga yordam beradi. Shu tariqa, kompaniya dunyo avtomobil sanoatining barqaror rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Ta’kidlash joizki, Haval brendiga mansub bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarilishi «Jizzax» EIZda joylashgan, ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi, O‘zbekistondagi birinchi xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan avtomobil zavodi bo‘lgan ADM Jizzakh zavodida amalga oshirilmoqda.

ADM Global kompaniyalar guruhi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar adm.uz rasmiy saytida taqdim etilgan.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.

E-mail | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
 

HAVAL’ning rasmiy dilerlik markazlari:

● ADM-ASTER Toshkent Telefon: +998 (55) 506-25-52

● Sayor Motors Toshkent Telefon: +998 (55) 519-00-01

● HAVAL Andijon Telefon: +998 (95) 179-01-01, +998 (95) 179-00-01

● HAVAL Buxoro Telefon: +998 (91) 827-27-27

● HAVAL Samarqand Telefon: +998 (55) 506-25-52

● HAVAL Termiz Telefon: +998 (90) 522-20-20

Mavzuga oid
Top