Qozoğistonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Atirau-Toşkent-Atirau yönalişi böyiça aviaqatnovlarni yölga qöydi.
15 iyul kuni birinçi reys Toşkent xalqaro aeroportiga qöndi. Bortida 139 yölovçi bölgan samolyot aviatsiya an’analariga köra, suv arkasi bilan kutib olindi.
«Uşbu reysning yölga qöyilişi FlyArystan xalqaro yönalişlar tarmoğini, şuningdek, Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi transport imkoniyatlarini kengaytirişda muhim qadam böldi. Kompaniyaning Ostonadan Toşkentga mavjud yönalişidan taşqari, yangi yönaliş Qozoğistonning ğarbiy qismidan Özbekistonga aviataşuvlarni amalga oşirişni ta’minlaydi. Bu mamlakatlar örtasidagi biznes, madaniy va sayyohlik aloqalarini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi», dedi aviakompaniya prezidenti Riçard Lejyer.
Parvozlar iyul va avgust oylarida - payşanba va yakşanba kunlari, sentabr va oktyabr oylarida - duşanba, çorşanba va juma kunlari amalga oşiriladi. Zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida parvoz davomiyligi 2 soat 20 daqiqani taşkil qiladi.
FlyArystan — 2019 yilda taşkil etilgan va Air Astana guruhi tarkibiga kiruvçi Qozoğistonning birinçi loukoster aviakompaniyasi.












