Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi doimiy kolonkasida Erondagi aviahalokat Yaqin Şarqdagi keskin vaziyat fonida qasddan uyuştirilgan bölişi mumkinligi haqidagi taxminlar nima uçun asossiz ekani borasida söz yuritdi.

Keça, 19 may kuni Eron prezidenti boşçiligidagi davlat delegatsiyasi qöşni Ozarboyjonga borgan va davlat ahamiyatidagi yirik kelişuvlarni muvaffaqiyatli yakunlab, qaytiş jarayonida aviahalokatga uçragan. Eron prezidenti korteji uçta vertolyotdan iborat bölgan. Qolgan ikki vertolyot manzilga yetib borgan, faqatgina prezident Ibrohim Raisiy ötirgan vertolyot halokatga uçragan. Vertolyotda jami 9 kişi bölgan. Eron taşqi işlari vaziri Hussayn Amir Abdullahiyan ham şular jumlasidan.

Ibrohim Raisiy 1960 yilda Eronning diniy muqaddas şaharlaridan biri Maşhadda, diniy olimlar oilasida dunyoga kelgan. Asli yurist bölgan Raisiy 2021 yilda prezident bölib saylanişidan oldin, Eronning sud hokimiyatida rahbarlik qilib kelgan.

Eron – geosiyosiy juda muhim davlatlardan biri. Bu davlatda 1979 yilda islom inqilobi amalga oşirilgaç, Eron Islom Respublikasining AQŞ boşçiligidagi kollektiv ğarb davlatlari bilan munosabatlari juda ziddiyatli yoki salbiy darajada bölib kelyapti. AQŞ bilan haliga qadar töğridan töğri diplomatik aloqalarga ega emas. AQŞning Yaqin Şarqdagi eng yaqin ittifoqçisi Isroil esa Eronni özi uçun dunyodagi eng katta duşman deb biladi. Eron ham Isroilni “Falastin hududlarini bosib olgan bosqinçi davlat”, “terrorçi davlat” deb biladi va Falastin hududlarida yagona Falastin davlati bölişi kerak deb hisoblaydi.

Şuning uçun ham Eron prezidenti ötirgan vertolyot halokatga uçraşi va prezident vafot etişi köplab ekspertlar va keng jamoatçilik tomonidan har xil şubha va gumonlarga sabab bölişi – tabiiy. Xöş, Eron prezidentining halokatga uçraşi uyuştirilgan bölişi mumkinmi? Bu uyuştiriş orqali taşqi yoki içki kuçlar, davlatlar qanday maqsadlarga erişişi mumkin, degan örinli savol paydo böladi.

Avvalo, Eron Islom Respublikasida prezidentning maqomi, hokimiyat iyerarxiyasidagi örni qanday, degan savolga javob beriş kerak. 1979 yilda islom inqilobi amalga oşirilgaç, inqilob rahbari Imom Humayniy boşçiligida öziga xos davlat tuzilişi joriy qilindi. Eron – respublika, u xalq nomidan boşqariladi. Islomiy davlatçilikni saqlab turiş uçun esa, davlatning eng oliy rahbari – oyatulloh deb belgilangan va u xalq tomonidan emas, diniy kengaş tomonidan saylanadi. Saylangan imom davlatning eng muhim hokimiyat vakolatlarini idora etadi.

1979-89 yillar davomida davlat rahbari – oliy imom oyatulloh Ruhulloh Humayniy edi. 1989 yildan buyon davlat rahbari – Ali Xominaiy. Özbekiston davlatçiligi misolida aytadigan bölsak, Erondagi prezidentlar – bizdagi boş vazir maqomiga yaqin keladi. Ya’ni Eronda xavfsizlik, taşqi işlar, içki siyosatdagi eng muhim yönalişlarning barçasini davlat rahbari – Imom Xominaiy belgilab beradi, prezident esa ijroçi şaxs hisoblanadi. Oliy qarorlarni imom Xominaiy qabul qiladi, prezident ularning ijrosini ta’minlaydi va imomga, diniy kengaşga va parlamentga hisobot beradi.