08:25 / 21.05.2024
2346

Toshkentda G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi qisqa muddatga yopildi

Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi va Shon-sharaf davlat muzeyida 20 maydan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib boriladi. 

Foto: Mudofaa vazirligi

Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyiga kirish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hududda 20 may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan shu kundan e’tiboran tashrif buyuruvchilar uchun G‘alaba bog‘i va Shon-sharaf muzeyiga kirish qisqa muddatga to‘xtatiladi.

Top