Davlat rahbari körsatmasi bilan Toşkentdagi Ğalaba boği yodgorlik majmuasiga tutaş hududda «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik barpo etiş vazifasi yuklatilgan edi, deya xabar bermoqda majmua matbuot xizmati.
Şu munosabat bilan 2023 yilning 10 oktyabrida Özbekiston Vazirlar Mahkamasining «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik majmuasi uçun arxitektura işlanmalari tanlovi e’lon qilingan. Tanlovga taqdim qilingan loyihalar Mudofaa vazirligi, Özbekiston badiiy akademiyasi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziriligi va boşqa tegişli taşkilotlar vakillaridan iborat hakamlar tomonidan baholanib, ğoliblar aniqlandi.
Tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi Ğalaba boği yodgorlik majmuasida bölib ötdi. Unda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari general-mayor Hamdam Qarşiyev sözga çiqib, loyihalar amaldagi şaharsozlik me’yorlari va qoidalariga muvofiqligi, milliy arxitektura va elementlaridan foydalanilgani, tejamkor texnologiyalar qöllangani, landşaft va interer dizayni kabi bir neça talablar asosida saralanganini ta’kidladi.

Önga yaqin loyihalar orasida Şohruh Örozov va Akram Raupovning ijodiy işi 764 ball töplab, mualliflar birinçi darajali diplom hamda 100 million söm pul mukofotiga ega böldi.
Ikkinçi darajali diplom va 75 million söm pul mukofoti bilan Aleksandr Kuranov va Orifjon Jalalov, uçinçi darajali diplom va 50 million söm pul mukofoti bilan Alişer Boqiyev taqdirlandi.












