Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Olmazor tumanlarida 11 iyun kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Bugun, 11 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Avayxon” va “Sayram” MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Olmazor tumani: “Oltinsoy”, “Islom ota”, “Qichqiriq”, “Istiqbol”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Bo‘stonobod”, “Shodiyona”, “Yangi Toshkent”, “Moyariq”, “Ahil” hamda “Elparvar” MFY ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:13 / 25.04.2026
Toshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
17:58 / 17.03.2026