Markaziy Osiyo davlatlarining 2024 yilgi Haj kvotalari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonga 15 mingta kvota ajratilgan. Tojikistondan 7 ming, Qirg‘izistondan 6 ming, Qozog‘istondan 5 ming ziyoratchi bu yil Hajga boradi. Turkmaniston bo‘yicha bu yilgi kvota ma’lum emas, o‘tgan yili bu mamlakatning 2300 dan ortiq fuqarosi hoji borib qaytgan.
Saudiya Arabistoni 2024 yilgi Haj mavsumi uchun O‘zbekistonga 15 mingta kvota ajratdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bu borada keyingi o‘rinni Tojikiston egallab turibdi. Uning kvotasi taxminan 7 ming o‘rinni tashkil qiladi. Safar narxi hozircha e’lon qilinmagan, biroq o‘tgan yili Haj narxi bir kishi uchun 59 ming somoniyga (taxminan 5440 dollar) yetgan edi.
Qirg‘iziston 6 ming 60 nafar kishini Hajga yuborish huquqini oldi. Biroq, rasmiylar yana 500 ta zaxira o‘rin tayyorlagan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ziyoratgohlarga safar qilish uchun ariza topshirganlarning barchasi allaqachon 2 ming dollar va qaytarib berilmaydigan 1000 qirg‘iz so‘mi (11 dollar) miqdoridagi dastlabki to‘lovni amalga oshirgan. Bu yil qirg‘izistonliklarning hajga borish xarajati 3750 dollar atrofida bo‘ladi. Qayd qilinishicha, Haj safari yildan yilga arzonlashmoqda: 2022 yilda u 4,5 ming dollar, 2023 yilda taxminan 3,9 ming dollar turar edi.
Qozog‘istondan Makkaga rasman 5 ming 81 nafar kishi boradi. Biroq, mamlakat musulmonlari idorasi ta’kidlaganidek, agar fuqarolar qabul qiluvchi davlat qoidalariga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tib, xizmat haqini oldindan to‘lasa, ziyoratchilar soni 10 mingga yetishi mumkin. Uning narxi haqida xabar berilmagan.
Turkmanistonda bu yilgi ziyoratchilar soni haqida xabar berilmadi. 2023 yilda 2312 nafar Turkmaniston fuqarosi Hajga borgan va bu 2022 yilga nisbatan qariyb o‘n barobar ko‘p edi.
Mavzuga oid
21:45 / 21.12.2024
Ar-Riyod Germaniya hukumatini terakt xavfidan bir necha bor ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi
16:51 / 12.12.2024
Amerikalik tahlilchilar Trampga Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirmaslikni taklif qildi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
16:43 / 07.12.2024