O‘zbekiston | 19:53 / 24.05.2024
4357
1 daqiqa o‘qiladi

Futzal bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi tufayli Registon maydoni vaqtincha yopiladi

Samarqanddagi mashhur maydon 27 maydan boshlab tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.

Futzal bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi tufayli Registon maydoni vaqtincha yopiladi. Bu haqda viloyat turizm boshqarmasi xabar bermoqda.

Samarqand shahridagi Registon ansamblida futzal bo‘yicha jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Registon ansambliga kirish quyidagi vaqtlarda to‘xtatiladi:

  • 24 may soat 15:00 dan;
  • 25-may soat 17:00 dan (Tillakori madrasasi 25-may kuni kun bo‘yi yopiladi);
  • 26 may - kun bo‘yi.

Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati 2024 yil 14 sentabrdan 6 oktyabrgacha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid