Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 27-29 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumki, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda +9...+14 daraja, 28-29 mayda +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda +8...+13 daraja, 28-29 mayda +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 mayda +8...+13 daraja, 28-29 mayda +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumki, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 28 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda +8...+13 daraja, 28-29 mayda +11...+16 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 mayda +3...+8 daraja, 28-29 mayda +6...+11 daraja, kunduzi +14...+19 darajagacha bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:20 / 27.12.2024
Sinoptiklar yanvarda kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
11:07 / 27.12.2024
28 dekabrda kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
11:20 / 26.12.2024
27 dekabrda biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi
11:39 / 25.12.2024