O‘zbekiston | 08:22 / 25.05.2024
2711
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda metro vagonlaridan birining eshigi ochilmay qolgani bo‘yicha izoh berildi

Vagon eshigi ariqchasiga uning ochilishiga to‘sqinlik qiluvchi kichik buyum tiqilib qolgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlaridan birining eshigi ochilmadi mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni izoh berdi.

24 may soat 17:50 larda “Abdulla Qodiriy” bekatiga kirib kelgan 63-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan biri ochilmagan. 

Shundan so‘ng harakat tarkibi “Bodomzor” bekatiga yetib kelganida mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga uning ochilishiga to‘sqinlik qiluvchi kichik buyum tiqilib qolgani aniqlangan. 

Ushbu buyum eshik yo‘lagidan olib tashlangan va yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilgan.

Mavzuga oid