Darslar boshlanishiga ham uncha ko‘p vaqt qolmadi. 4 sentabrdan maktablarga, 9-sanadan esa OTMga o‘quvchi-talabalar yopirila boshlaydi. Tabiiyki, jamoat transportiga yuklama oshadi. Xo‘sh, Toshkent shahar jamoat transporti bunga qanchalik tayyor?

Avtobuslar tirbandlikda turishda davom etadi

Mavzuni eng muhim masalalarning biridan boshlasak. Ko‘rib turganingiz – dunyodagi eng tirband shaharlardan biri bo‘lmish Indoneziya poytaxti Jakarta. Tirbandlik kattaligiga qaramay, avtobuslar alohida yo‘lakda bemalol harakatlanyapti. Bu – katta shaharlar uchun eng elementar talablardan biri aslida. Lekin Toshkentda bunday yo‘laklarni tashkil etish, tashkil etilganlarini esa samarali ishlatish ishlari ancha sekin ketyapti.

Shaharda jamoat transporti uchun mo‘ljallangan, “A” harfi tushirilgan maxsus yo‘laklar hozircha 7 ta ko‘chada, jami 48 kilometrlik masofada tashkil etilgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasining bizga ma’lum qilishicha, kelgusida yana qo‘shimcha 180 km uzunlikdagi shunday yo‘laklarni tashkil qilish rejalashtirilgan. Eng asosiy masala – yo‘laklardan avtomobillar yurmasligi masalasiga esa e’tibor yetarlicha emas. Bu borada “qo‘l rejimida” ish olib borilyapti, ya’ni vaqti-vaqti bilan reydlar uyushtirilmoqda.

Vaholanki, bir necha yildan beri mas’ullar tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish uchun yo‘l chetlariga va avtobuslarga kameralar o‘rnatilishi haqida aytib keladi. Bu kameralar orqali jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘lakda qoldirib ketilgan yoki bu yo‘lakda qoidaga zid ravishda harakatlangan avtomobillarga chora ko‘rilishi kerak edi. Kameralarning bir qismi o‘rnatib qo‘yilgan bo‘lsa ham, ular ishlatilmayapti. Tirbandlikka qarshi choralardan biri deb ko‘rilayotgan parkomatlar masalasi ham bir necha yildan beri