Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari Toshkent metrosining ish tartibi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgust hamda 1-3 sentabr dam olish kunlari etib belgilangan. Shu kunlarda poytaxt metrosi qanday tartibda ishlashi ma’lum qilindi.
Foto: Kun.uz
2024 yil 31 avgust va 1 sentabr kunlarida metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib boradi.
2—3 sentabr kunlari esa metro poyezdlari dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. 3 sentabr, seshanba ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
1 sentabr — O‘zbekiston mustaqilligi kuni 2024 yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2 sentabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi. 31 avgust, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
20:21 / 27.11.2025
Ish samaradorligini pasaytiruvchi 5 omil
15:41 / 13.11.2025