Papua-Yangi Gvineyadagi ko‘chki qurbonlari soni 2 ming nafardan ham ortishi mumkin
Rasmiylar ko‘chki 2 mingdan ortiq kishini tiriklayin ko‘mib yuborgan deb hisoblamoqda.

Foto: AP
Papua-Yangi Gvineyaning tog‘li hududida 24-may kuni sodir bo‘lgan halokatli ko‘chki qurbonlari taxmin qilinganidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Mamlakat hukumati ko‘chki ikki mingdan ortiq odamni tiriklay ko‘mib yuborgan deb hisoblamoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘chki oqibatida 670 kishi halok bo‘lganini taxmin qilgandi. BMT Yambali qishlog‘i va Enga provinsiyasi rasmiylariga tayanib, 150 ta uyning ko‘chki ostida qolganidan kelib chiqqan holda yuqoridagi raqamlarni keltirgan. Rasmiylarning taxmini esa bundan uch barobar ko‘p.
Qurbonlar sonini aniqlash qiyin kechayotgani Papua-Yangi Gvineyada aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 2000 yilda o‘tkazilganligi bilan bog‘lanmoqda. Mamlakatning tog‘li hududlaridagi aholi esa jamiyatdan uzilgan holda — izolyatsiyada turmush tarzi olib boradi.
BMTning migrantlar masalalari bo‘yicha missiyasi rahbari Serxan Aktoprak hukumat taxminlariga qarshi chiqa olmasligini, shu bilan birga ularni izohlamasligini ta’kidladi.
Mamlakat bosh vaziri Jyeyms Marapening ofisi ham jurnalistlarning 2 ming kishi halok bo‘lganligi haqidagi taxminlar nimaga asoslanganligi haqidagi savolini ochiq qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, vayronkor ko‘chki 24 mayga o‘tar kechasi Papua-Yangi Gvineya markazidagi Enga provinsiyasi qishlog‘ida sodir bo‘ldi. 10 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Avstraliya shimolidagi bu tropik mamlakat ekvatorga yaqinligi sababli tez-tez kuchli yomg‘irlar yog‘adi. Bundan tashqari, Papua Yerdagi eng seysmik faol zonalardan birida joylashgan. Yaqinda Enga provinsiyasida 4,5 magnitudali zilzila qayd etildi. Ko‘chkining sababi ushbu yer silkinishiga bog‘liqmi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

19:03 / 18.03.2025
O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

09:16 / 23.01.2025
O‘zbekistonning ikki hududida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

19:52 / 15.01.2025