09:05 / 29.05.2024
2644

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ochiqlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar yuzasidan ma’lumot berdi. 

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, jami ishlayotgan talabalar soni 114 135 nafarni tashkil qiladi.

Ular:

  • davlat tashkilotlarida — 62 754 nafar (55 foiz);
  • xususiy sub’yektlarda — 47 469 nafar (41,6 foiz);
  • ikkala sektorda — 3 912 nafar (3,4 foiz).

Jins bo‘yicha:

  • erkak — 66 825 nafar (58,5 foiz);
  • ayol — 47 310 nafar (41,5 foiz).

Bu borada Toshkentda o‘qiyotgan talabalar peshqadam — 35 988 nafar (31,5 foiz);

  • erkaklar — 25 380 nafar (22,2 foiz);
  • ayollar — 10 608 nafar (9,3 foiz).
Mavzuga oid
Top