2024/2025 öquv yili qabulida bakalavriat kiriş imtihonlaridan yiqilgan abituriyentlar uçun tabaqalaştirilgan kontrakt narxlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.





Super-kontrakt narxlari tasdiqlangan tölov-kontrakt doirasida qabul parametrlari çegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan va 56,7dan kam bölmagan ball töplagan abituriyentlar uçun amal qiladi. Talaba buni öqişning birinçi yilida tölaydi. Qolgan yillar bazaviy tölov-kontrakt miqdorini tölab boradi.
Şuningdek, tabaqalaştirilgan tölov-kontraktni 2024 yil 15 oktyabrgaça töliq tölagan abituriyentlarga 10 foizlik çegirma beriladi.
Talabgorlar yangi öquv yili uçun belgilangan kontrakt narxlariga qarab, özlari öqimoqçi bölgan yönalişda super-kontrakt miqdorlarini hisoblab olişlari mumkin. 2024/2025 öquv yili uçun kontrakt narxlari bu yerda e’lon qilingan.







