20:28 / 29.05.2024
10807

Putin mehmondo‘stlik uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi 

Uning ta’kidlashicha, mazmunli muzokaralar Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida mehmondo‘stlik uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Tegishli murojaat Kreml saytida e’lon qilindi. 

«O‘zbekistonga davlat tashrifim chog‘ida menga va Rossiya delegatsiyasiga ko‘rsatilgan ajoyib qabul va unutilmas mehmondo‘stlik uchun Sizga chin dildan minnatdorlik bildiraman», deyiladi bayonotda. 

Putinning ta’kidlashicha, mazmunli muzokaralar Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

«Tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar, shuningdek, Hududlar kengashining samarali majlisi turli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochayotgani shubhasiz», dedi Putin.

Rossiya rahbari tashrif davomida shaxsan batafsil muloqot uchun ham alohida minnatdorlik bildirdi. 

«Ushbu do‘stona muloqot juda qadrli. Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman», deyiladi murojaat yakunida. 

Top