19:00 / 29.05.2024
4528
Reklama

Tecno brendi yangi Camon 30 va Pova 6 seriyali smartfonlarini taqdim etdi

Tecno brendi yaqinda ikkita yangi smartfon modellari - Camon 30 va Pova 6 seriyalarini taqdim etdi. Yangi Pova 6 Neo, Pova 6, Pova 6 Pro modellari o‘zining innovatsion xususiyatlari va afzalliklari bilan e’tirof etilgan.

Foto: Tecno

27 may kuni Toshkentda Tecno Camon 30 va Tecno Pova 6 seriyali smartfonlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda smartfon foydalanuvchilari, bloger va jurnalistlar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Tecno Camon 30 – yorqin tasvirlar tajribasi

Yaqinda sotuvga chiqarilgan Camon 30 bu — asosan fotosuratlar va videolarga e’tibor qaratilgan smartfon. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri bu kamera tizimidir. Smartfonda kuchli kamera tizimi mavjud bo‘lib, asosiy kamera 50 megapikselli sensordan iborat. Bu foydalanuvchilarga yuqori sifatli rasmlar va videolar olish imkonini beradi.

Ushbu smartfonda 6.78 dyuymli Full HD + rezolyutsiyaga ega ulkan ekran mavjud, bu foydalanuvchilarga keng va yorqin ko‘rish tajribasini ta’minlaydi.

Camon 30 ilg‘or protsessor va 8 GB operativ xotira bilan taqdim etilgan, bu o‘yinlar va ilovalar uchun yetarli ishlov berish qobiliyatiga ega. Qurilma yuqori unumdorlik va ajoyib xususiyatlari bilan foydalanuvchilarni hayratda qoldiradi.

Pova 6 seriyali smartfonlar – o‘yin ishqibozlari uchun ajoyib topilma

Mazkur seriya o‘z ichida Pova 6 Neo, Pova6, Pova 6 Pro modellarini olgan bo‘lib, har uchala modelda 120 Gs chastotali, 6,78 dyuym diagonalli ekran, betakror dizayn va stereodinamika mavjud. Bu xususiyatlar ularni yanada jozibador qilgan.

Pova 6 seriyali qurilmalar asosan o‘yin ishqibozlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning afzalliklari kuchli batareyasi va geymerlar uchun qobiliyatni oshirish imkoniyatida. To‘liq quvvatlanish uchun esa 50 daqiqadan kamroq vaqt sarflaydi. O‘yin vaqtida qizib ketishning oldini olish uchun sovitish tizimi bilan jihozlangan.

Bu modellarda o‘yinlar uchun maxsuslashtirilgan mediatek chipseti ishlatilgan, bu foydalanuvchilarga cheksiz o‘yin tajribasini ta’minlaydi. 6.78 dyuymli Full HD+ displey o‘yinlarni yuqori aniqlikda va keng ko‘rish burchagi bilan ko‘rish imkonini beradi.

Ikkala smartfon ham o‘z mijozlari segmentiga mos ravishda yaxshilangan xususiyatlarga ega. Camon 30 fotografiya va videografiyaga qiziquvchilar uchun, Pova 6 esa o‘yin muxlislari uchun ideal tanlov bo‘lishi mumkin. Tecno o‘z mahsulotlarini texnologiya va foydalanuvchi talablariga moslashtirib, keng foydalanuvchilar bazasini qondirishga intilmoqda.

Reklama

Mavzuga oid
Top