Mobile World Congress 2022 tadbirida Tecno kompaniyasi RGBW datchikli kameraga ega, yangi CAMON 19 smartfonlar seriyasini chiqarishini e’lon qildi. Ushbu texnologiya gadjet asosiy modullarining yorug‘likka sezgirligini oshiradi, yomon yorug‘lik sharoitida ham ularning suratga olish sifatini yaxshilaydi.

Kelajakdagi Tecno qurilmalarida yangi texnologiyadan foydalanish brendning mahsulotlari bo‘yicha katta menejyeri Leo Li tomonidan tasdiqlandi. RGB yechimlaridan (qizil, yashil va ko‘k piksellar) ko‘ra, RGBW matritsalari oq piksellar bilan to‘ldiriladi – bunda, Samsung ma’lumotlariga ko‘ra, klassik sensorlar bilan solishtirganda ularning yorug‘lik sezgirligi 1,7 baravar yaxshiroq bo‘ladi, shuningdek, ranglarning buzilishi kamayadi.

Gadjetlar 64 megapikselli tasvir datchiklari bilan ta’minlanadi, kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular smartfondan professional darajada suratga olishni ta’minlaydi. Maxsus Glass + Plasic (G+P) texnologiyasi esa yorug‘likning yutilishini 30 foizga samarali oshirib, yakuniy tasvir sifatini yanada yaxshilaydi.

“Ushbu texnologik yangilik foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari hamda yorqinroq va aniqroq tasvirlarni, ayniqsa, yorug‘lik kamligi va tungi rejimda yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlari asosida yaratilgan. Uning Tecno CAMON seriyasidagi ilk taqdimoti bizni DSLP-sifatli suratga olishni butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar qo‘liga yetkazish orzusiga bir qadam yaqinlashtiradi”, - dedi Samsung Electronics vitse-prezidenti Pang Xuebao.

“Tecno CAMON smartfonlar liniyasi doimo foydalanuvchilarimizni yuqori texnologiyali kamera bilan ta’minlashga qaratilgan. RGBW modulidan foydalanish uning imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi 19 seriyali smartfonlarimiz bugungi mijozlarning eng yuqori talablariga javob beradi. Yangi kamera inson yuzi va ranglarining tabiiy xususiyatlariga urg‘u berib, kadrlarga estetika qo‘shadi”, - dedi Tecno mahsulotlari bo‘yicha katta menejyeri Leo Li.

Foto: Tecno

Ayni paytda O‘zbekiston foydalanuvchilari Tecno CAMON 19 paydo bo‘lish sanasini kutishmoqda, shahar do‘konlarida Tecno'ning quyidagi liniyalari mavjud:

  • CAMON 18 seriyasi: Tecno kompaniyasining CAMON 18 Premier kamerali telefoni, u professional darajada suratga olish, yuqori aniqlik va barqarorlik, muvozanatli CAMON 18P modeli va hamyonbop CAMON 18 smartfonini taklif etadi.