TECNO brendi O‘zbekistonda yangi POVA 3 va Camon 19 seriyali smartfonlar sotuvi boshlanganini e’lon qiladi, modellar: Camon 19 Pro, Camon 19 va Camon 19 Neo.

Oxirgi ikkita modellar RGBW sensorlik 64 Mp 208% ga yorug‘likni oshiradigan kamera bilan jihozlangan. Smartfonlar yagona dizaynda ishlab chiqarilgan va hattoki iF Design Award 2022 "Eng yaxshi mahsulot dizayni" mukofotini olishga muvaffaq bo‘ldi. Flagman modeli shu bilan ajralib turadiki, uning korpusi 200 million uchqunli zarralar bilan himoyalanib, barmoq izlari qolib ketishidan saqlaydi.  

TECNO Camon 19 va Camon 19 Neo

Seriyadagi yosh modellar 6 Gb (Camon 19 Neo 4 Gb) operativ xotira va 128 Gb ichki xotira, MediaTek Helio G85 chipsetlari bilan birlashtirilgan. Ekran sifatida 6,8 dyuymli FHD+ displey ishlatilgan. Avtonomiya uchun 18 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat batareya javobgar.

Camon 19 va Camon 19 Neo’ning foto va video imkoniyatlari farqlanadi.

Birinchi model 64 Mp, ikkinchisi esa 48 Mp RGBW sensorlar bilan jihozlangan. Shunga qaramasdan, Neo’ning 48 Mp selfi kamerasi 16 Mpga nisbatan yaxshiroq. Ikkala smartfon ham Android 12 operatsion tizimida ishlaydi.  

TECNO Camon 19 Pro

Flagman seriyasi ko‘p jihatdan yaxshilangan. Ekran avvalgidek, ammo TÜV Rheinland sertifikati va 120 Gs yangilanish tezligi bilan rangli gamma kengaytirilgan. Protsessor - Mediatek Helio G96 va video tezlatgich Mali-G57 MC2. O‘zbekiston uchun versiya 8 Gb operativ xotira va o‘rnatilgan 128 Gb flesh-xotiraga ega bo‘ldi. Camon 19 Pro ekrani ingichka ramka va korpusidagi 200 million yorqin zarrachalar bilan himoyalangan.  

50 megapikselli modul 2x optik kattalashtirishni ta’minlaydi va foto-videolarni aniq suratga olish imkonini beradi. Boke effekti qo‘shimcha ravishda obektni ta’kidlaydi va fonni xiralashtirib beradi. Qorong‘ida Camon 19 Pro smartfoni yangicha suratga olish imkoniyatlariga ega. Algoritm tabiiy yorug‘lik optimaldan kamroq ekanligini aniqlasa, RGBW sensori va shisha linzalar tizimi avtomatik ravishda yoqiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, OIS + EIS stabilizatori faollashtiriladi. 5000 mA/soat batareya 33 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.