09:11 / 29.05.2024
12489

Toshkentda Mercedes, Lacetti va Onix ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTHga Mercedes’ning qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilgani va boshqa bir mashina juda katta tezlikda kelgani sabab bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Yashnobod tumanida uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 25 may kuni soat 23:55 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida Lacetti, Mercedes va Onix ishtirokida YTH yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga Mercedes’ning qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilgani va yana bir mashina juda katta tezlikda kelgani sabab bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top