14:23 / 01.06.2024
3610

Ohangaronda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga qo‘shilayotgan Damas Centra va Chery mashinalari bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida og‘ir tan jarohati olgan yoki vafot etganlar yo‘q.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida bir nechta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Toshkent viloyati IIB YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH joriy yil 31 may kuni soat taxminan 17:00 larda halqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” avtomobil yo‘lining 165-kilometrida sodir bo‘lgan. 1964 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. boshqaruvidagi Damas mashinasi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga qo‘shilayotgan vaqtida 1977 yilda tug‘ilgan X.B. boshqaruvidagi Centra hamda 1987 yilda tug‘ilgan Yu.D. boshqaruvidagi Chery TIGGO 7 PRO mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qayd etilishicha, og‘ir tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top