Tennis o‘ynagan Tursunov, bog‘cha ochgan Azimov hamda uy topshirgan Umrzoqov – hokimlar bolalar kunini qanday o‘tkazdi?
Bugun bolalar bilan bog‘liq tadbirlarga eng ko‘p vaqt ajratgan hokim Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bo‘ldi. U kun davomida mehribonlik uyi bolalari bilan tennis o‘ynagan, onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bolalar holidan xabar olgan va uyda ta’lim oluvchi yoshlar bilan uchrashgan. Kun.uz viloyat hokimlari bolalar kunini qanday o‘tkazgani bilan qiziqdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hududlarda turli tadbirlar o‘tkazildi. Ayrim hududlardagi tadbirlarda shaxsan hokimlarning o‘zlari ishtirok etib, bolalarning ko‘nglini ko‘targan. Kun.uz viloyat hokimliklari bolalar kunini qanday o‘tkazgani haqidagi xabarlarni to‘pladi.
Viloyat hokimliklarining rasmiy kanallarida e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, bugun bolalar uchun eng ko‘p vaqt ajratgan hokim Navoiy viloyati rahbari Normat Tursunov bo‘lgan.
Navoiy viloyati hokimi kunning birinchi qismida Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bolajonlar uchun bo‘lib o‘tayotgan bayram dasturida ishtirok etgan. U tadbirda so‘zga chiqib, bolalarni bayram bilan qutlagan va sovg‘alar ulashgan.
So‘ngra Normat Tursunov Karmana tumani O‘zbekiston mahallasida joylashgan “Yangi zamon bolalari” oilaviy bolalar uyiga borgan. U yerda hokim tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashib, ulardan biri bilan stol tennisi o‘ynagan.
Kunning ikkinchi yarmida esa Tursunov baxtsiz hodisa tufayli uy sharoitida tahsil olayotgan Nilufar Chinpo‘latova holidan xabar olgan va unga bayram sovg‘alarini hadya etgan. Shuningdek, hokim viloyat Onkologiya markazida davo muolajalarini olayotgan bolalar bilan uchrashib, ularga ham bayram sovg‘alarini ulashgan.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ham bir qatorda tadbirlarda ishtirok etgan. Jumladan, u Koson tumanidagi 47-sonli DMTT ochilishida qatnashgan. Tadbirda so‘z olgan hokim bugunning o‘zida viloyatda 45 ta bog‘cha foydalanishga topshirilganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, Murotjon Azimov ham Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, bemor bolalar holidan xabar olgan va ularni tabriklab, sovg‘alar ulashgan.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov mehribonlik uyi bitiruvchilariga uy topshirish tadbirida ishtirok etdi. Qayd etilishicha, rejaga muvofiq 2024 yilda 43 nafar mehribonlik uyi bitiruvchisiga uy topshirilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi tadbirda ularning 20 nafariga xonadon kalitlari taqdim qilingan.
Qolgan hududlarda ham bolalar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tgan. Biroq ularda aynan viloyat hokimlari ishtirok etgani haqida rasmiy kanallarda xabarlar berilmagan. Aksariyatida esa viloyat hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari qatnashgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

14:11 / 13.06.2025
Toshkent temiryo‘l vokzallari qayta qurilishi mumkin

22:38 / 03.06.2025
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

10:19 / 19.08.2024