O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida Italiya ilmiy innovatsiyalari joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institutlari olimlaridan iborat delegatsiya qishloq xo‘jaligida boshqaruv strategiyasi va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida Italiyaga bordi.
![](https://storage.kun.uz/source/10/tZYLTKF5DLg4g-YQ2F6f4oSaUDLSM2J0.jpg)
Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, mazkur amaliy safar mamlakatning Italiyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi ko‘magida tashkil etildi.
Tashrif davomida tadqiqotchilar Italiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashi (KReA) ilmiy markazlarida xorijlik hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi hamda eksperimental maydonlarda olib borilayotgan ilmiy izlanish jarayonlarini kuzatishadi.
Italiya tajribasini o‘rganish jarayonida organik dehqonchilik, uzumchilik, o‘simliklar himoyasi, chorvachilik va akvakultura, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish, mikrobiologiya va mexanizatsiyalash yo‘nalishlari mutaxassislarning diqqat markazida bo‘ladi.
Bir hafta davomida ikki mamlakat tadqiqotchilari tuproq eroziyasini bartaraf etish, suv tanqisligi oldini olish, hasharotlarga qarshi kurashish, bioxilma-xillikni yaxshilash, qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirish, chiqindilarni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq amaliyotlar bo‘yicha fikr almashadi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/XDxYA6ur5ICnTU-12wEavY8m6BLBu2J1_medium.jpg)
09:50 / 25.07.2024
QXV yoz jaziramasida eng ko‘p zararlanadigan ekin turlarini ma’lum qildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/ksRwrF6zu4RZoXO2tO4YabU8EmXTkIk2_medium.jpg)
11:42 / 21.07.2024
Italiyalik himoyachi, «MYu»ning porlagan yulduzi va Ispaniyadagi iste’dodlar. Yevro-2024’ning asosiy kashfiyotlari
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/2RGF5grRBEAS0iiLTRXwzPyNQBDIRLJ2_medium.jpg)
17:58 / 12.07.2024
Bug‘doy o‘rimidan keyin 23 ming gektar maydon yoqib yuborilgan - “O‘zbekkosmos”
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/5ksuGxLIyIdS6ghcjKNcLs-egdFeVrGm_medium.jpg)
07:19 / 12.07.2024