Köplab superyulduzlar — Mbappe, Ronaldu, Lukaku — Yevroni muvaffaqiyatsiz ötkazişdi, ammo kutilganidan ham yaxşiroq iştirok etgan va hatto turnirda kaşfiyot bölgan futbolçilar ham bor.

Kobbi Maynu

Mavsum boşida uşbu 19 yoşli yigitça töğrisida faqat «MYu»ning yoşlar jamoasi öyinlarini kuzatib boruvçi fanatlar bilişardi. Ammo ular ham uşbu yigitçadan porloq mavsum ötkazişini kutgani dargumon — Maynu kuzda jarohat tufayli öynay olmadi. Ammo dekabrda Kobbi nafaqat maydonga qaytdi, balki tarkib borasida muammolarga uçragan kattalar jamoasi safiga yorib kirdi. Uşbu ösmir «Yunayted»ning boşlanğiç tarkibida tuşa boşladi, APLda mavsum kaşfiyotlaridan biriga aylandi va Angliya Kubogi finalida ğalaba golini urdi. Uning transfer qiymati 1 million yevrodan 50 million yevroga kötarildi.

Undagi ösişni Sautgeyt ham payqab, mart oyida milliy jamoa yiğiniga çaqirdi. Maynu Belgiya va Islandiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida boşlanğiç tarkibda tuşdi, ammo Yevroga zaxira futbolçisi sifatida keldi. Avvaliga uşbu vunderkind tayanç zonasida Deklan Raysga şerik böliş uçun raqobatni Trent Aleksandr-Arnold va Konor Gallaherga boy bergandi. Ammo raqobatçilarning işonçsiz öyinlari tufayli öz imkoniga ega böldi va asosiy tarkib futbolçisiga aylandi.

Maynu guruh bosqiçining uçinçi turida Sloveniyaga qarşi öyin startidan joy oldi va turnir oxirigaça ilk daqiqalardan öynadi. Boş murabbiy uçun yarimhimoyaçi raqibning tezkor qarşi hujumlariga sabab böluvçi keraksiz töp yöqotişlarga yöl qöymasligi muhim edi. Maynu esa bu borada aynan u istagan futbolçi bölib çiqdi: u Yevro finaliga turnir tarixidagi barça yarimhimoyaçilar orasida töp uzatişlar aniqligi borasidagi eng yuqori natijani qayd etgan holda yetib keldi — 96,3 foiz. Final fenomenal statistikani yöqqa çiqardi, ammo futbolçining mehnati izsiz ketmaydi.

Qolaversa, Kobbi boşqa jihatlari bilan ham maqtana oladi. Niderlandlar bilan öyinda u barça duellarda ustun kelgan, töpni qaytarişda va uzun uzatmalarda biror marta xatoga yöl qöymagan. Maynu bu borada Klarens Zeyedorfni yodga solib yubormoqda. Buyuk golland futbolçisi uning öziga öxşaşligini inkor etmadi va uning salohiyati katta ekanini aytdi. Bunday maqtov ham köp narsani anglatadi.

Rikkardo Kalafiori

Ötgan mavsumda Kalafiori «Bolonya» bilan sensatsiya kötarib, Çempionlar ligasiga çiqqandi — mazkur fenomen jamoa A seriyada beşinçi örinni egalladi. Bir vaqtlar Rikkardo «Roma»ning eng istiqbolli yoşlari qatorida edi, ammo jarohatlar unga qadrdon klubida oçilib ketişiga imkon bermadi.