Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 5 oyda AQSh va Italiyadan qancha turist kelgani ma’lum qilindi
Turistlarning katta qismi asosan dam olish, qarindoshlarini yo‘qlash hamda tijorat maqsadlarida kelishgan. Italiyadan esa o‘qish uchun kelganlari ham bor.
Statistika agentligi joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga AQSh va Italiyadan qancha turist kelganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 5 oy davomida AQShdan 10,6 ming nafar turist tashrif buyurgan. Ularning 8 446 nafari dam olish, 1 089 nafari xizmat yuzasidan, 832 nafari qarindoshlarini yo‘qlash, 167 nafari tijorat hamda 136 nafari boshqa maqsadlarda kelgan.
Italiyadan esa ushbu davrda O‘zbekistonga 15 319 nafar turist tashrif buyurgan. Ular orasida o‘qish maqsadida kelganlari ham bor.
Jumladan, 13 808 nafar italiyalik dam olish uchun kelgan bo‘lsa, 798 nafari xizmat yuzasidan, 647 nafari qarindoshlarini yo‘qlash uchun hamda 57 nafari o‘qish maqsadida kelgan.
Avvalroq 5 oyda 2,2 mln o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqani xabar qiligandi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026