O‘zbekiston | 19:00 / 05.06.2024
3574
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HUAWEI o‘zining yangi texnologiyalarga asoslangan modellarini sotuvga chiqardi

Foto: HUAWEI

Yangi HUAWEI nova 12i, HUAWEI nova 12s va HUAWEI nova 12se smartfonlari kuchli batareyalar, tezkor quvvatlanish xususiyatlari, xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi. 

HUAWEI nova 12i – EMUI 14 yangi interfeysi bilan jihozlangan birinchi smartfon

Ushbu model 108 MP yuqori aniqlikdagi kamera, HUAWEI SuperCharge Turbo 40 Vt tezkor zaryadkasi va kuchli 5000 mA/s batareyasi bilan jihozlangan bo‘lib, atigi 30 daqiqada 62% gacha quvvatlash mumkin.

67 dyuymli ekran AOD (doimiy ekran-zastavka ko‘rsatish) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon ikki rangda: yashil va qora taqdim etilgan. Kamera dizayni yulduz shaklidagi halqa ko‘rinishida bo‘lib, simmetriya estetikasini namoyon etadi. HUAWEI nova 12i smartfonining asosiy kamerasi 108 MP yuqori aniqlikdagi obektiv, f/1.9 diafragmasi va katta 1/167 dyuymli sensor bilan jihozlangan. HUAWEI nova 12i - bu EMUI 14 yangi interfeysi bilan jihozlangan birinchi smartfon bo‘lib, u ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yuqoriroq imkoniyatlarga ega va foydalanuvchi tajribasini yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi.

Noodatiy dizayndagi HUAWEI nova 12s

Modelning jozibali jihatlaridan biri - HUAWEI SuperCharge Turbo 2.0 66 Vt tezkor zaryadkasi hisoblanadi. Qurilmada 60 MP ultrakeng burchakli old kamera va 50 MP asosiy ultraobektiv bo‘lib, ultraingichka korpus 6.88 mm bilan ajralib turadi. HUAWEI nova 12s va HUAWEI nova 12se OLED-displeylar bilan jihozlangan bo‘lib, ular AOD (doimiy ekran-zastavka ko‘rsatish) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 12s modeli 6.7 dyuymli ekran 120 Gs yangilanish tezligi bilan, 12se modeli esa 6.67 dyuymli ekran 90 Gs yangilanish tezligi bilan ta’minlangan.

HUAWEI nova 12s ultrakeng burchakli old kamera 100° 60 MP, f/2.4 diafragmali asosiy ultrakamera 50 MP, f/1.9 diafragmali va XD Portrait Engine texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan va keng burchakli makromodul 8 MP, f/2.2 diafragmali bilan jihozlangan.

HUAWEI nova 12s uch xil – ko‘k, oq va qora ranglarda taqdim etilgan. Modelning ajralib turadigan jihati – noodatiy dizayni bo‘lib, orqa panelning yorqin ranglariga noyob naqshlar tushirilgan va asosiy kamera orbital halqa shaklida yaratilgan.

HUAWEI nova 12se - cheksiz xotira maydoni

Qurilma 108 MP asosiy uchli kamera va 32 MP old kameraga ega. HUAWEI nova 12se old kamera 32 MP, f/2.45 diafragma va asosiy uchli kamera, unda yuqori aniqlikdagi modul 108 MP, f/1.9 diafragma, ultrakeng burchakli modul 8 MP, f/2.2 diafragma va makromodul 2 MP, f/2.4 diafragma bilan ta’minlangan.

HUAWEI nova 12se uch xil – yashil, oq va qora ranglarda bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi yanada tiniq. Orqa panelga barmoq izlaridan himoyalovchi maxsus matov qoplama tushirilgan va shu bilan birga, korpus nozik jilvalanishga ega.

Qurilmalar EMUI 14 yangilangan interfeysi bilan keladi, bu ma’lumotlarni himoya qilish imkoniyatlarini oshiradi va foydalanuvchi tajribasini yangi darajaga ko‘taradi. Ichki xotira hajmi har ikki smartfonda 256 GBni tashkil etadi, bu foydalanuvchilarga muhim ma’lumotlarni saqlash uchun yetarlicha joy beradi.

Har ikki model ham kuchli batareyalar 4500 mA/s bilan jihozlangan, ularni HUAWEI SuperCharge Turbo 40 Vt rejimi yordamida atigi 32 daqiqada 100% gacha quvvatlash mumkin.

Instagram | Telegram 

Reklama

Mavzuga oid