Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongressmenning 6 yashar o‘g‘li otasining nutqini unutilmas qildi
Bola Kongressda so‘zlagan otasining orqasida turli qiliqlarni ko‘rsatdi. Uning videosi oxir-oqibat millionlab marta tomosha qilindi.
Respublikachi siyosatchi, AQSh Kongressida Tennessi shtati vakili Jon Rouz 6 yashar o‘g‘li Gayni o‘zi bilan ishga olib bordi.
3 iyun kuni Rouz Kongressda Donald Tramp himoyasiga bag‘ishlab nutq qildi. Ammo otasining orqasida turgan o‘g‘il nutq so‘zlari bilan emas, balki o‘zini tasvirga olayotgan kamera bilan qiziqdi.
Bola kameraga qarata turli imo-ishoralar ko‘rsata boshladi. Albatta, hech kim uning otasini tinglamadi, hamma faqat kongressmenning orqasida nima bo‘layotgani bilan qiziqdi. Rouzning nutqi videosi oxir-oqibat millionlab marta tomosha qilindi.
Gayning tomoshabinlar e’tiborini jalb qilish qobiliyati respublikachilar va demokratlar tomonidan yuqori baholangani ta’kidlanmoqda.
Kongressmenning aytishicha, u o‘g‘lidan g‘azablanmaydi. «U odatda o‘zini yaxshi tutadi. Ammo u har qanday 6 yashar bolaga o‘xshaydi», deb ta’kidladi u.
Gay Rouz, o‘z navbatida, otasining nutqi «juda zerikarli» bo‘lganini tan oldi va jurnalistlarga yana ko‘p imo-ishoralarni bilishini, lekin ularni birdaniga ko‘rsatishga tayyor emasligini aytdi.
Mavzuga oid
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30 / 08.06.2026
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50 / 08.06.2026