17:28 / 05.06.2024
2476

Pepsi Zero Marathon: yorqin kelajak sari harakat!

Pepsi aktiv dam olishni yoqtiradiganlar uchun yangi qiziqarli tadbir o‘tkazmoqda - qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkonini beruvchi 15 kilometrlik velomarafon! 

Foto: Pepsi

Velomarafon — avtomobilni uyda qoldirib, ochiq havoda vaqt o‘tkazish, Toshkent go‘zalligidan rohatlanish va start oldidan Pepsi Zero Sugar'ning tetiklantiruvchi ta’mi bilan quvvatga to‘lish uchun ajoyib sababdir! 

Pepsi Zero Marathon'da ishtirok etish sizga qimmatbaho sovrinlar uchun bellashish, eng asosiysi, sayyoramiz kelajagiga hissa qo‘shish imkonini beradi. Tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tadbirda 16 yoshdan oshgan har bir kishi qatnashishi mumkin. Chipta savdosidan tushgan barcha mablag‘ xayriya jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Marafon haqida

23-iyun kuni Magic City xiyobonida yozning orziqib kutilgan voqeliklaridan biri bo‘ladi. Pepsi Zero Marathon'da qatnashish uchun chiptalarni iTicket.uz saytidan xarid qilish kerak. 

Marafonda jami 3 yosh toifasi mavjud:

A toifasi: 16 yoshdan 29 yoshgacha;

V toifasi: 30 yoshdan 49 yoshgacha;

C toifasi: 50+.

Musobaqaning har bir ishtirokchisiga raqam va markali futbolka solingan start-paket taklif etiladi. 

Tadbirda hatto o‘z velosipediga ega bo‘lmaganlar ham qatnashishi mumkin — uni so‘rov bo‘yicha joyida olish mumkin (velosipedlar soni cheklangan).

Marafon uchun chipta narxi: 50 000 so‘m. 

Marafon uchun yakuniy ro‘yxatga olish Magic City'da 20-22 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Pepsi bilan tashrif va xavfsizlik shartlari

Marafon soat 8:00 da boshlanadi (yig‘in 7:00 da boshlanadi) 

Marafonning start va finishi Magic City xiyobonida, harakatlanish maxsus yopilgan ko‘chada bo‘ladi. Yo‘l bo‘yi himoya shlemlaridan foydalanish tavsiya etiladi. 

Marafonda O‘zbekiston viloyatlari aholisi ham start-paketlarni oldindan olib, ishtirok etishi mumkin, buning uchun tashkilotchilarni xabardor qilish zarur. 

Velopoygada qatnashgani uchun har bir ishtirokchi medal bilan taqdirlanadi. 

Velomarafonda ishtirok eting va Pepsi Zero Sugar'ning tetiklantiruvchi ta’midan rohatlaning!

Instagram: @pepsi_uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top