6 sentabr kuni Macan va Xço iştirokida musiqiy "portlaş" böldi! Tomoşabinlar har bir xit qöşiqni birgalikda kuylab hayqirişdi! "Memories" va "Prostuda" nomli xitlar ijro etilganda, Macan "Asphalt 8" treklarini kuylaganida katta bir energiya barçani bir musiqiy tölqinda birlaştirganini his qildik. Öşa daqiqalar har bir muxlisda kuçli hayajon  bölgani aniq. 

7 sentabr Willy William bilan haqiqiy raqs drayvi kuni böldi. Uning şöx musiqasiga tinmay raqs tuşişdi! Lekin bu hali hammasi emas – oqşomga yaqin 20 000 ta LED brasletdan iborat ajoyib yoritkiçlar şousi boşlandi. Şouda yoritkiçlar ranglari musiqa ritmiga mos holda özgarib, juda gözal manzara hosil böldi. 

8 sentabr kuni muxlislar maftunkor Nicole Sçerzinger'ning qöşiqlarini birgalikda kuylaşdi. U tomoşabinlar bilan özbek tilida salomlaşganida tomoşabinlarning olqişlaridan maydon larzaga keldi! "Buttons", "Hush Hush" va "Right There" xitlari kuçli aks-sado berdi, tomoşabinlar esa xursand bölib qiyqirişdi! Uzoq daqiqalik çiqişidan söng san’atkor hammaga “Rahmat” sözini aytib, iliq kutib olingani uçun minnatdorlik bildirganida odamlar yana ham ta’sirlanişdi. 

Festival mehmonlar uçun möjizaviy syurpriz bölgan dron-şou va yorqin muşakbozlik bilan yakunlandi. 

Şunday qilib, Pepsi Music Fest 2024 musiqa hammani birlaştirişi, orzularga yöl oçişi va unutilmas emotsiyalar berişini yana bir bor isbot etdi. Bu festival şunçaki tadbir emas – Toşkent ahliga jahon musiqa san’atining yangi darajasini taqdim qildi. Va bu faqat boşlanişi! Yangiliklarni Instagram'dagi Pepsi Uzbekistan rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring – sizni bundan ham köproq syurprizlar kutyapti!

Reklama huquqi asosida