Velomarafon faol dam olişni  va soğlom turmuş tarzini yoqtiradigan mingga yaqin iştirokçini birlaştirdi.

Tadbir barça velosport işqibozlari uçun muhim voqelik edi. Va u ekologik toza transport evaziga avtomobildan voz keçiş qançalik muhimligini körsatib berdi. Iştirokçilarning yarmidan köpi tadbirga velosipedda yoki piyoda yetib kelişdi, keyin esa boşqa transport vositalaridan foydalanmay uyga qaytişdi.

Tayyorgarlik darajasi va şaxsiy transporti bor-yöqligidan qat’i nazar, 16 yoşdan katta har bir kişi marafonda iştirok etişi mumkin edi — Pepsi brendi barça iştirokçilarga poyga uçun velosipedlar taqdim etdi.

Ertalab soat 8:00 da tetiklantiruvçi va motivatsion DJ-setlar bilan tadbirga start berildi. Iştirokçilar toza havodan nafas olib, poytaxtning maxsus tösilgan markaziy köçalari böylab 15 kilometrlik masofani bosib ötişdi – aylanma yönaliş Magic City'da boşlanib, şu yerda tugadi.

Barça iştirokçilar faxriy medallar va olti yönaliş böyiça sovrinlar uçun bellaşişdi: 

  • Erkaklar: 16-29 yoş, 30-49 yoş, 50+;
  • Ayollar: 16-29 yoş, 30-49 yoş, 50+

Har bir yönaliş böyiça ğoliblar Pepsi brendidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

  • 1-örin: 15 000 000 söm;
  • 2-örin: 7 500 000 söm;
  • 3-örin: 2 500 000 söm.

Velomarafonning eng keksa— 84 yoşli iştirokçisiga taşkilotçilarning maxsus sovrini: professional velosiped taqdim etildi. 

Çipta sotuvidan tuşgan barça mablağ xayriya işlariga yönaltirildi.