Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: “Islohotlar yo‘lidan aslo chekinmaymiz”
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilgan konferensiyada O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy sohalar rivoji va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlardan ortga chekinmasligini ta’kidladi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Bugun, 5 iyun kuni Toshkentda Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi ko‘magida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbirda O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘lgan.
“Biz iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalarini takomillashtirish, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga qat’iy kirishganmiz. Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz, yurtimizning taraqqiyot manzili – aynan shu.
Bunday maqsadlarga faqat sifatli investitsiyalar va qo‘shimcha qiymat yaratishning global zanjirlariga bog‘lanib erishish mumkin.
JST rahbariyatining bizni bu qadar qo‘llab-quvvatlashi va ishonch bildirishi yuksak bahoga loyiq”, – dedi Saida Mirziyoyeva.



Prezident yordamchisi, shuningdek, Toshkentga kelgan JST bosh direktori Ngozi-Okonjo Iveala bilan uchrashgan edi.
Mavzuga oid
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
18:18 / 18.05.2026
O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi - Saida Mirziyoyeva
14:26 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi - yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
11:51 / 15.05.2026