Maktabgaça yoşdagi bolalarni kitobga qiziqtiriş böyiça mutaxassis, bolalar yozuvçisi Dinara Möminova Kun.uz bilan suhbatda bolalar adabiyoti qanday bölişi kerakligi, bolalarga qanday kitoblar taklif qiliş lozimligi, ularni ekranga emas, kitoblarga qiziqtiriş usullari haqida gapirib berdi.

“Kitob bolaga körsatadigan ta’sirini boşqa heç bir faoliyat berolmaydi. Bola kitob öqiyotganda kitobni uşlaş, vizual tasvirni köriş orqali, söng öqigan narsasini tasavvur qiliş orqali miyasi rivojlanadi. Bunday jarayon u video körganda sodir bölmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi videolar sun’iy tarzda, kadrlar tez almaşişi orqali bolaning diqqatini bir joyda uşlab turadi. Kitobda esa bola tabiiy tarzda diqqatini jamlaydi”, deya tuşuntirdi Dinara Möminova.

Uning aytişiça, kitob öqigan bolalar ma’lumotlar töğri-notöğriligini tekşirişni örganadi. Sababi hozirgi kunda bolalar barça savollariga istalgan vaqti internet orqali javob ololadi. Lekin ularni filtrlay oliş uçun bolalar kitob öqişlari kerak.

Ba’zi ota-onalar bolasi bilan kitob öqişga alohida vaqt sarflamaydi. Ular farzandi katta bölsa kitob öqib olişadi, deb hisoblaşining sababi öqimaydigan bolalar ham kitob öqişi mumkinligini bilişmaydi. Hatto çaqaloqlar ham kitobga qiziqişi mumkinligi köpçilikka notaniş.

Afrikadagi qabilalardan birida odamlarni kitobga qiziqtiriş uçun ota-onalarga kitob berib ularga bolalari bilan öqişni taklif qilişadi. Şunda umuman kitob öqimagan odamlar ham kitobga qiziqib, uni bolalariga öqib berişga harakat qila boşlaşadi. Körinib turibdiki, istalgan odamni kitobxonlikka qiziqtiriş mumkin. Agar ota-onalar 2 yoşli bola ham kitob öqişi mumkinligini, ularning sevimli qahramonlari bölişi mumkinligini bilganlarida farzandlarini kitobga qiziqtirişga befarq bölişmasdi. 

Bolaga yoşiga mos kitob beriş kerak

Dinara Möminovaning ta’kidlaşiça, bolalarga özining yoşiga mos kitob beriş uni kitobxon qilişda juda muhim. 2 yoşgaça bölgan bolalarga qalin, ziç qoğozli kitoblar taklif qiliş kerak.

2 yoşdan keyin 5-6 yoşgaça bölgan bolalar rasmli kitoblar öqiydi. Bolaga bu yoşda beriladigan kitoblar uşlaşga qulay va hajmi kiçik bölişi kerak. Ular bir ötirganda bitta kitob öqib tugata olsa, öqişga qiziqişi yanada oşadi. Maktab davriga ötgaç bolalarga matnli, lekin rasmlari ham bor kitoblar beriş kerak. Bu yoşda ularning dunyo haqidagi savollari köp böladi. Bolalar kitoblardan savollariga javob ololişi kerak.

Yuqori sinfga ötgan bolalarda esa ijtimoiy mavzular kabi jiddiy yönalişlarda savollar paydo böladi. Bu borada Skandinaviya davlatlarining ösmirlarga mos kitoblari yaxşi tanlov böla oladi.

“Yaqinda 5 yoşli bolaning Navoiy ğazalini yodlay olmay yiğlab turgan videosini kördim. Navoiy 5 yoşli bolaga qiziq emas, uning asarlari kattalarga ham qiyinlik qiladi. Bola Navoiy ğazalini yodlagani bilan baribir tuşunmaydi. Qaytaga bu uning kitobdan, matndan nafratlanişiga sabab bölişi mumkin”, deydi bolalar yozuvçisi.

Köpçilikni qanday qilib kitobga qiziqtiriş mumkin?

Ëzuvchi uşbu savolga oid bir dastur haqida gapirib berdi.

“AQŞda odamlarni kitobga qiziqtiriş uçun “Reach out” dasturi işlab çiqiladi. Unga köra, tuğuruqxonada çaqaloqlarga beriladigan kiyim va öyinçoq sovğalar orasiga kitoblar qöşiladi.

Foto: reachoutandread.org

Undan keyin ham har safar pediatr körigiga borilganda onalarga çaqaloğiga nimalar öqib berişi mumkinligi, ayni hozirgi rivojlaniş bosqiçida u qanday kitoblarni öqişi mumkinligi haqida ma’lumotlar berib boriladi. Şu tariqa millionlab odamlarning kitobxon bölişiga erişiladi”, deya ma’lumot berdi Dinara Möminova.

Bolalarni telefondan qanday ajratiş mumkin?

Dinara Möminovaning qayd etişiça, ota-onalar ekranga mixlanib qoliş xavfi bolalar maşina serqatnov asfalt yölda koptok öynaşi bilan bir xil xavfli ekanini bilişganda qat’iy tarzda ularga telefon bermagan bölar edi. Telefon xavfi esa uzoq muddatdan keyin bilinadi.

Kiçik yoşdagi bolalarni telefondan ajratiş oson. Qurilmalarni bolalar közi tuşmaydigan joyda saqlaş, telefon söragan payti boşqa narsalarga çalğitiş orqali qisqa muddatda bolalarni telefondan uzoqlaştiriş mumkin.

Bunday bolalarni kitobga qiziqtiriş uçun esa uyda kitoblar bölişi, ota-ona boşida şunçaki undagi rasmlarni tomoşa qilib hayratlanganini körsatişi kerak. Bola kitobni körib uni ötirib öqişi kerakligini öylab qörqib ketmasligi uçun qiziqtiriş bosqiçma-bosqiç olib borilişi kerak.

“Yomon” bolalar uçun ham kitoblar bölişi kerak

Dinara Möminovaning aytişiça, bolalar adabiyotida yozilgan asarlar bolalarning ehtiyojini inobatga olişi kerak, pand-nasihat yönalişidan köra bolaga yordam beradigan yönalişda bölişi kerak:

Men tarbiyaga, nasihatga qarşi emasman. Lekin u kitobda kerak emas deyman: sababi bolani oldingizga turğizib qöyib, unga “Kördingmi, agar sen Qimmatga öxşab yomon bölsang, seni ajdar yeb qöyadi”, deb tuşuntirsak, u tuşunib birdaniga yaxşi bölib qolmaydi. Özi umuman katta odam ham “uni qilaman, buni qilaman”, degani bilan vaqtida amalga oşira olmaydi.

Şuning uçun matndagi quruq nasihat bolani yaxşi qilib qöymaydi, aksinça, bola “Men yomon ekanman”, degan fikrda bölib qolişi mumkin. U özgarişi uçun kitob qanday qilib buni uddalaşi mumkinligini qahramon harakatlari orqali körsatib berişi kerak.

Masalan, “Zumrad va Qimmat” ertagida Qimmat yomon bola bölgani, kampirning uyida iş qilişni xohlamagani uçun jazolanadi. Lekin u yomon bölişni özi xohlamagan-ku. Bola öz-özidan tuğilib yomon bölib qolmaydi. U nimagadir muhtoj bölsagina özini yomon tutadi. Aslida, hamma bolaning orzusi – ota-onasining könglidagidek farzand böliş.

Ana şu jihatdan kitob bola uçun instrument bölişi kerak, u kitobni öqib öz muammosiga yeçim topa olişi kerak.

Zilola Ğaybullayeva suhbatlaşdi.
Montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov.