21:32 / 06.06.2024
15550

JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston milliy jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alabaga erishdi

JCh-2026 2-saralash bosqichi 4-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alabaga erishdi.

«Bunyodkor» stadionida o‘tgan bahsda Husniddin Aliqulov, Oston O‘runov va Sherzod Nasrullayev tomonidan kiritilgan gollar vakillarimizga guruh bosqichidagi 4-g‘alabani keltirdi. Mehmonlarning yagona goliga Tirkishov mualliflik qildi – 3:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston 13 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra 2-o‘rinda bormoqda. Eron Hongkongni safarda mag‘lub (4:2) etib, 13 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. 11 iyun kuni o‘tadigan so‘nggi turda O‘zbekiston Tehronda Eron mehmoni bo‘ladi. Har ikki jamoa muddatdan avval 3-saralash bosqichiga chiqib bo‘lgan, bu bahs guruh peshqadami nomini aniqlaydi.

JCh-2026 2-saralash bosqichi.

«E» guruhi. 5-tur.

O‘zbekiston – Turkmaniston – 3:1
Bosh hakam: Yusuke Araki (Yaponiya)
Gollar: Husniddin Aliqulov 17, Oston O‘runov 30, Sherzod Nasrullayev 70 – Shonazar Tirkishov 25.
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov (22.Abdulla Abdullayev, 76), 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (Jamshid Iskanderov, 76), 11. Oston O‘runov (Hojimat Erkinov, 83), 13. Sherzod Nasrullayev, 14. Eldor Shomurodov, 15. Umarbek Eshmurodov (Abduqodir Husanov, 50), 19. Azizbek Turg‘unboyev (Abbosbek Fayzullayev, 50), 23. Husniddin Aliqulov.
Turkmaniston: 1.Rustem Axalliyev, 2.Guychmirat Annaguliyev, 3.Ixlas Toyjanov, 6.Alibek Abduraxmonov, 8.Mirza Beknazarov, 11.Didar Durdiyev, 12.Haqmuhammad Bashimov, 13.Velmirat Ballakov, 14.Shanazar Tirkishov, 15.Abdi Bashimov, 17.Altimirat Annadurdiyev.

Top