Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Sreçko Katanets qur’a haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
— Barça öyinlar qiyin böladi, jamoalar teng. Safar e’tibori bilan Özbekistonga yaqin masofada joylaşgan mamlakat jamoalari tuşgani yaxşi böldi. Bugundanoq tayyorgarlikni boşlaşimiz kerak.
Qatar bilan öyin haqida
— Qatar juda yaxşi jamoa, oxirgi Jahon kubogi iştirokçisi, uzoq vaqtdan beri bir xil tarkibga ega. Ularni hurmat qilamiz. Biroq asosiy e’tibor fokus özimizga qaratiladi. Muxlislardan oxirgi öyindagi kabi qöllab quvvatlaşlarini sörayman. Ular bizni qöllasa albatta yaxşi natijaga erişamiz.
Jamoaga işonç haqida
— Mundialga yöllanmani qölga kiritişimizga töliq işonaman, mağlubiyatsiz seriyada ketyapmiz. Futbolçilar jarohat olmasdan, öz klubida doimiy öyin amaliyotiga ega bölişlari juda muhim, - deya boş murabbiyning sözlarini keltiradi ÖFA matbuot xizmati.
Ma’lumot uçun, Özbekiston hal qiluvçi saralaş bosqiçida Eron, Qatar, BAA, Qirğiziston va Şimoliy Koreya bilan bir guruhdan örin oldi. Özbekiston vakillari 1-turda 5 sentabr kuni Toşkentda Şimoliy Koreyani qabul qilişadi.

















