09:54 / 06.06.2024
2092

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi

Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar aniqlandi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar berdi. 

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Bag‘dod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, M.F. xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi B.A. fuqaro A.A.ga 55 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 2,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “K.M.” MChJ dorixonasi sotuvchilari D.N. va M.Sh. fuqaro S.B.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 9 dona “Reduksin” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz 280 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 130 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top